2022-yilning 4-choragi davomida tumanimiz soliq toʻlovchilari tomonidan byudjetga 24 mlrd 556,8 mln. soʻm miqdorida soliq toʻlandi
Amudaryo tumani davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi A.Seitovning tadbirkorlarga hisobot va murojaati
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qoʻmitasiga tashrifi davomida sohani takomillashtirish, xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va koʻlamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi – koʻmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarini oʻrganish va soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi oʻzgarish va yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 24-mart kuni Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan uchrashuvda jami 53 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tadbirkorlik subektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida muntazam ravishda, batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
Bugungi kunda ham “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida tuman soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlar huzuriga borgan holda ularning muammolarini oʻrganib, sayyor soliq maslahatlari koʻrsatilmoqda.
Masalan, dekabr oyi davomida 110 ta korxonalarning muammolari batafsil oʻrganildi. Natijada, soliq organlariga aloqador masalalar boʻyicha 75 ta muammolar ijobiy hal etildi. Bugungi kunda boshqa tashkilotlar bilan bogʻliq masalalar qatʼiy nazoratga olinib, hamkorlikda hal etish choralari koʻrilmoqda.
Shuningdek, soliq turlari boʻyicha 143 ta subektlarning 140,0 million soʻm mavjud ortiqcha toʻlov summasi qaytarib berildi yoki boshqa soliq turlaridan qarzdorlik hisobiga singdirildi.
Darhaqiqat, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, soliq toʻlovchilarga haqiqiy maʼnoda koʻmakchi, oʻrgatuvchi boʻlish soliq organlarining bosh vazifasiga aylanmoqda. Shu maʼnoda, tadbirkorlar uchun yanada yengillik yaratish uchun “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ishga tushirilishi sohadagi yangilik boʻldi.
Tuman boʻyicha 268 ta subektda “Avtokameral” dasturi orqali tekshirishdan oldingi taxlil natijasida subektlar tomonidan oʻz ixtiyori bilan soliq hisobotlarni toʻgʻrilab DSIga qayta hisobot taqdim qildi natijada 450,7 mln.soʻmga qayta hisobot olindi.
Bu tizim orqali, soliq organlari soliq toʻlovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni, eʼtibor qarating tekshirishlarni emas, tahlillarni oʻtkazishi mumkin. Yaʼniki, soliq toʻlovchi faoliyati davomida qandaydir xatoliklarga yoʻl qoʻyayotgan boʻlsa yoki hisobotlarida qandaydir tafovvutlar kuzatilayotgan boʻlsa, avtomatlashgan tizim darhol soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga xatoliklarni tuzatish haqida xabarnoma joʻnatadi. Aqlli dastur oʻzi kamchiliklarni aniqlab, oʻz vaqtida tadbirkorga koʻmakchi boʻlib, xabar berib boradi. Eng muhimi, bunda inson omili aralashilmaydi.
Amudaryo tumani davlat soliq inspektsiyasi joriy etilgan qator soliq imtiyozlari, soliq yuki va turlarining kaiyultirilganligi toʻgʻrisida tadbirkorlar oʻrtasida olib borilayotgan tushuntirish-targʻibot ishlari, xodimlari tomonidan tadbirkorlik subektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida noyabr oyida 74 ta korxonadagi 112 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. Muhimi, fuqarolar ish oʻrinlariga ega boʻldi.
Agar sohalar kesimida koʻrib chiqadigan boʻlsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 17 nafar, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalarida 39 nafar, hamda qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi 18 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 12,3 million soʻm qoʻshimcha mablagʻ yoʻnaltirildi.
2022-yilning 4-choragi davomida tumanimiz soliq toʻlovchilari tomonidan byudjetga 24 mlrd 556,8 mln. soʻm miqdorida soliq toʻlanib, belgilangan prognoz 23 mlrd 444,3 mln. soʻm boʻlib rejasi 1112,5 mln. soʻm ortigʻi bilan yaʼni 104,7 foizga bajarildi hamda shundan dekabr oyida 7054.8 mln. soʻm undirildi.
Joriy yil mobaynida “Soliq hamkor” dasturi orqali Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlari bilan bogʻliq soliq huquqbuzarliklari toʻgʻrisida jami 138 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 1 ta murojaat turli xil sabablarga koʻra rad qilingan. Ularning 99 tasida sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilib, savdo qoidalari buzilayotganligi tasdiqlandi.
Shu oʻrinda taʼkidlash oʻrinliki, bugungi tadbirkor kechagisidan tubdan farq qiladi. Qonunchiligimiz ham ular uchun qator engillik va qulaylik yaratishga qaratilgan. Buning natijasida, iqtisodiyotda xufyona bozor mexanizmlariga oʻz-oʻzidan chek qoʻyilmoqda. Halol tadbirkor uchun shaffof va qonuniy ishlaydigan davr keldi. Shu bois, savdo va xizmat koʻrsatish sohasida onlayn nazorat-kassa mashinalaridan foydalanuvchilar soni bugun 869 nafarni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda qoʻlida hunari bor yoki uyda yakka tartibda maʼlum faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan fuqarolarimiz talaygina. Ularning oʻzini oʻzi band qilishi, ish stajiga ega boʻlishi uchun soliq xizmati organlari tomonidan doimiy koʻmak koʻrsatib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning oktyabr oyi yakuni bilan tumanda 134 nafar fuqarolar oʻzini oʻzi band qilish tizimi orqali roʻyxatdan oʻtib, muayyan faoliyat turlari bilan muntazam shugʻullanib kelmoqda.
Hurmatli soliq toʻlovchilar! Biz soliq xizmati organlari xodimlari sizlarning muammolaringiz qonuniy hal etish, faoliyatingiz davomida yuzaga kelgan barcha tushunmovchiliklarga yechim topishda doimiy koʻmak berishga tayyormiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶