Prezident murojaatida sud-huquq masalalarining dolzarbligi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabrdagi Özbekistan Respublikasi Oliy Majlisiga va halqiga qilgan murojaatida muhim yönalişlardan uçinçi yönaliş bu sud huquq sohasida masalalarni öz içiga oladi.
Yurtboşimiz murojaatlarida sönggi yillarda sud-huquq sohasida bir qança işlar amalga oşirilganligini, lekin şu bilan birga, sohada bir qança dolzarb masalalar borligini, jumladan, tergov sifati pastligi, sudlarda fuqarolarning ovoraligi, sud qarorlarining ijrosi taʼminlanmayotganligi kabi muammolar xanuzgaça uçrayotganligini taʼkidlaganlar.
Şuningdek, oldingi yillarda kötarilgan advokatlarni davlat hisobidan bepul taʼminlanişining elektron tanlaş tizimining işga tuşmayapti, bu masalaning darhol nazoratga olinib, tizim işga tuşirilişi lozim.
Sudda va tergovda ayblov va himoyaning baravar taʼminlanmayotganligi şu jumladan, nima uçun advokatga jinoyat işi qözğatiş va tugatiş haqidagi qarordan nusxa berilmasligi, bunday holatda tenglik taʼminlanmasligi muqarrar.
Prezidentimiz endi sudlarga jinoyat işi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyaçining fikri bilan birga qabul qilinişini, ayblanuvçining himoyaçidan voz keçişi böyiça har bir holat prokuror, sud tomonidan sinçiklab örganiladigan tizim joriy qilinişi haqidagi takliflari bu ayblanuvçining himoyaçi bilan taʼminlanişiga real amalga oşirilişiga tösqinlik qiluvçi barça omillarni bartaraf etadi.
Yuqorida atab ötilgan huquqiy yordam körsatiş sohasidagi dolzarb bölgan muammolarning hal qilinişi fuqarolarga huquqiy yordam körsatiş sifatli amalga oşiriladi, xalqning ehtiyojmand qatlamlari ham malakali advokat yordamidan bepul taʼminlanadi.
Murojaatda qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangiça işlaşga örgatadigan, odil sudlov sifatini oşiradigan tizim yaratiş yuzasidan aloxida Farmon qabul qilinişi haqida taʼkidlangan.
Bundan közlangan maksad eng avvalo, odamlarimizning joylarda sudma-sud sarson bölib yurişlariga barham beriladi. Buning uçun adolatli hukm va qaror çiqariş böyiça viloyat sudlarining vakolati ham, masʼuliyati ham oşirilişini taʼminlaş lozimdir.
Sud huquq islohatlari jadal rivojlanayotgan bu davrda fuqarolarning şaxsiy daxlsizligini taʼminlaş va mulkiy huquqlarini taʼminlaş muhimdir, şu bois tintuv ötkaziş, telefon sözlaşuvini eşitiş va mulkni xatlaşga sanktsiyani prokurordan sudga ötkazamiz. Bu esa mulk hukuqining sud orqali himoya qilinişi tamoyili bilan hamohangdir.
Yurtimizda huquqiy mustahkamlangan investitsiyaviy muhitning taʼminlanişi bevosita investorlarning sud orqali himoya qilinişi bilan boğliqdir.
Özbekistonda mulk va investitsiyaning himoyaçisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud böladi.
Bu borada Xalqaro tijorat sudini Özbekistonda taşkil qilinişi sohada muhim qadam bölib hisoblanadi.
R.Xudayberganova, Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi sudyasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶