BEPUL UMUMIY TAʼLIM OLIŞ DAVLAT TOMONIDAN KAFOLATLANADI
Konstitutsiyaning 41-moddasida “Har kim bilim oliş huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim oliş davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab işlari davlat nazoratidadir” deb belgilab qöyilgan.
Mamlakatimizdagi har bir fuqaroning bepul umumiy taʼlim olişi qonuniy tarzda belgilab qöyilgani ertangi kun egalarining huquqiy manfaatlari kafolatidir. Şuningdek, maktablarda berilayotgan taʼlim va tarbiya sifati doimo davlat nazoratidadir.
Kuyuk köpir ovulidagi 14-sonli maktabning pedagoglari uşbu hayotiy haqiqatni tölaqonli öz iş faoliyatlariga tadbiq qilgan holda öquvçilarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqdalar.
Mazkur maktab binosi 1970-yilda 120 öquvçi örniga möljallab qurilgan bölib, undan köplab bilimli va isteʼdodli öquvçilar uçirma bölişgan.
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasiga taşrifi davomida tumandagi 55-, 76- sonli maktablar qatorida 14-sonli maktab binosiga ham 180-örinli qöşimça bino qurilişi belgilandi.
Mazkur topşiriqning ijrosini taʼminlaş maqsadida “Jumurtov tex taʼmir servis” MÇJ tomonidan qiymati 2 mlrd. 360 mln. söm miqdoridagi quriliş işlari olib borilib, töliq yakunlandi.
Bugungi kunda maktabda 3 nafar oliy, 6 nafar birinçi, hamda 10 nafar ikkinçi toifali öqituvçilar 294 nafar öquvçiga özlaridagi bor bilim va könikmalarni berib kelmoqdalar.
Mazkur maktabda darslar özbek, qozoq tilida öqitiladi. Quvonarlisi, bir-biriga qon-qarindoş ikki elning farzandlari birgalikda ahil-inoq taʼlim oladilar.
Öquvçilar ustozlarining bergan bilimlarini, işonçlarini oqlaşga doimo harakat qilişadi. 2021-yilda qozoq tili fani böyiça ötkazilgan olimpiadada 10-sinf öquvçisi B.Reyimbayeva Özbekiston Respublikasida faxrli birinçi örinni qölga kiritdi. Uning bu muvaffaqiyatidan nafaqat ustozlari, ota-onasi, sinfdoşlari balki, butun hamqişloqlari quvonişdi.
Maktab – bu hayot-mamot masalasi, kelajak masalasi. Uni davlat, hukumat va hokimlarning özi hal qilolmaydi. Bu butun jamiyatning işi, burçiga aylanişi lozim.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶