18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 264

“Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovi gʻoliblari aniqlandi

“Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovi gʻoliblari aniqlandi

Korruptsiya – insonni qiyin ahvolga solib, ruhan ezishi, adolatsizlikka keng yoʻl ochishi bilan ham juda xavflidir. Bu shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan foydalanib, shaxsiy manfaat orttirishi yoʻlidagi harakatlaridan koʻpchilik aziyat chekadigan illatdir. Inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib kelishidan tashqari, har qanday davlat yoki jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi.

Korruptsiya jinoyati faqatgina bir yoki bir nechta davlatlarga xos emas. Balki, dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammodir. Ushbu jinoyat sodir etilishi xalqning davlat boshqaruviga boʻlgan ishonchi susayishiga olib kelishi uning eng achinarli oqibatlaridan biridir. Shu boisdan ham mamlakatimizda hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy muammolar orasida korruptsiyaga qarshi kurash muammosi muhim oʻrin tutadi.

Bu boradagi ishlarni yuqori tashkil etish, zararli illatga qarshi kurashni keng avj oldirish, korruptsiyaning zararli oqibatlarini jamoatchilikka targʻib etish maqsadida mamlakatimizda 9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni qilib belgilangan. Sana munosabati bilan Aksilkorruptsiya haftaligi oʻtkazildi.

Haftalik doirasida tumanimizda ham korruptsiyaning insoniyat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsirini ifodalovchi koʻpgina tadbirlar oʻtkazildi. Tumanimizdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 8-, 11-sinflari oʻquvchilari orasida tuman hokimligi, tuman Xalq taʼlimi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan “Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida oʻtkazilgan insholar tanlovi ham shular jumlasidandir.

Tanlovda oʻquvchilarning korruptsiyaning salbiy oqibatlari xususidagi va bu illatga qarshi kurash samaradorligini oshirishga qaratilgan taʼsirchan choralar amalga oshirilishi lozimligi xususidagi yozgan fikrlari eʼtiborni tortadi.

Hakamlar hayʼati aʼzolarining bildirishicha, oʻquvchilarning aksariyati korruptsiyani oʻz shaxsiy manfaati yoʻlida pora olish yoki pora berish sifatida taʼriflashgan. Ayrimlari esa shaxsning oʻz manfaati yoʻlidagi qonunga xilof harakati sifatida baholashgan.

Tanlovga taqdim etilgan insholar gʻoyaviy jihatdan mazmundorligi, xatolarsiz, chiroyli yozilishiga qarab, haqqoniy baholandi.

Tanlovda ishtirok etgan oʻquvchilar orasida 31-sonli maktab oʻquvchisi Shahnoza Tozaboyeva 89 ball toʻplab birinchi, 61-sonli maktab oʻquvchisi 85 ball toʻplab ikkinchi, 26-sonli maktab oʻquvchisi Ruxshona Husanova 78 ball toʻplab uchinchi oʻrinlarni egalladilar.

9-dekabr kuni tuman hokimligida ushbu tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda insholar tanlovi gʻoliblari, ularning ustozlari ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi oʻrinbosari Rashid Salayev ochdi va olib bordi. U korruptsiyaviy huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash, ularning oqibatlarini bartaraf etish, oldini olish, shu toifadagi huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi taʼminlanishi xususida maʼruza qildi. Shu mavzuda oʻquvchilarning bilimlarini sinash maqsadida oʻtkazilgan insholar tanlovidagi gʻolib boʻlgan oʻquvchilarni ragʻbatlantirish maqsadida taklif etilganligini maʼlum qildi.

Insholar tanlovida tanlovida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga tuman hokimligining sovgʻalari taqdim etildi.

Korruptsiya chegara bilmaydigan, keng koʻlamli ijtimoiy hodisadir. Uning kelib chiqishi, salbiy oqibatlari haqida oʻquvchi-yoshlarning oʻz fikri va xulosalari borligi juda ahamiyatlidir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026