Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan tumanimiz xalqiga bayram tabrigi
Assalomu alaykum, aziz vatandoşlar!
Avvalo, Siz azizlarni, Sizlarning timsolingizda butun xalqimizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Qadrli yurtdoşlar!
Boş Qomusimiz bölgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erişgan barça yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori, xalqimiz erkin va farovon turmuş keçirişining qonuniy kafolati bölib xizmat qilib kelmoqda.
Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda.
Ötgan yillar davomida davlatimiz va jamiyatimiz hayotida juda katta yangilanişlar röy bermoqda. Asosiy Qonunimizda belgilangan xalq manfaatining hamma narsadan ustunligi, erkinlik va oçiqlik, qonun ustuvorligi tamoyillari nafaqat Konstitutsiyamizda, balki amalda ham davlatimiz siyosatining asosiy yönalişiga aylandi.
Konstitutsiyamizdagi “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan tamoyildan kelib çiqib aholi bilan doimiy muloqot qiliş davlat idoralarining boş vazifasi etib belgilandi. Davlat organlari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan, ularning muammolarini tinglab, hal qiladigan samarali tizim yölga qöyildi.
Davlat organlari faoliyatida oçiqlik va oşkoralik amalda taʼminlanib, muhim qaror va qonunlar loyihalari muhokamalarida fuqarolarimiz ham faol iştirok etmoqda. Byudjet mablağlaridan foydalaniş, davlat xaridlari va boşqa köplab masalalar böyiça muhim körsatkiçlar jamoatçilikka oçiq taqdim qilinmoqda.
Bir söz bilan aytganda, Boş Qomusimiz yurtimizda ozod va obod, demokratik jamiyat barpo etişning mustahkam huquqiy asosi bölib xizmat qilmoqda.
Boş Qomusimizda “Davlat öz faoliyatini inson va jamiyat farovonligini közlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida amalga oşiradi” deya belgilab qöyilgan.
Şundan kelib çiqqan holda yurtimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini himoya qiliş, kambağallikni qisqartiriş, hududlarni izçil rivojlantiriş borasida tizimli işlar qilinmoqda.
Şu maqsadda joriy etilgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”, şuningdek “mahallabay” va “xonadonbay” işlaş tizimlari bugungi kunga kelib dastlabki ijobiy natijalarini bermoqda.
Tumanimizda ham ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan jami 602 nafar işsiz fuqaroga joriy yil boşidan beri 2,4 mlrd. sömlik subsidiyalar ajratilib, bandligi taʼminlandi. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş” dasturi doirasida 3 090 nafar fuqaroga salkam 51 mlrd. sömlik kreditlar ajratildi.
Birgina “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili” deb eʼlon qilingan joriy yilda jami 77 ta obʼektlarda 112,3 mlrd. sömlik quriliş-taʼmirlaş işlari amalga oşirilmoqda. Bularning barçasi Konstitutsiyamizda belgilab qöyilgan insonparvar tamoyillarning hayotiy ifodasidir.
Albatta, bugungi tezkor davr amaldagi Konstitutsiyamizga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Zero, har qanday islohot kuçli konstitutsiyaviy-huquqiy asosga tayansagina, közlangan natijalarga erişiladi. Uşbu özgartiriş va qöşimçalarni öz içiga olgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilinib, umumxalq muhokamasiga qöyildi. 2 oydan köp vaqt mobaynida aholining barça qatlamlarini qamrab olgan holda, oçiqlik va oşkoralik printsiplari asosida takliflar qabul qilindi.
Natijada Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga özgartiş va qöşimçalar bilan birga 15 ta yangi modda va bitta yangi bob kiritişni nazarda tutuvçi loyiha işlab çiqildi. “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir”, degan tamoyilga asoslangan uşbu özgartiş va qöşimçalar xalqimiz hayotining yanada farvon bölişiga, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqiçga kötarilişiga asos böladi.
Aziz yurtdoşlar!
Fursatdan foydalanib, yana bir bora Siz azizlarni, Sizning timsolingizda butun tumanimiz ahlini Konstitutsiyamizning 30 yillik bayrami bilan çin qalbimdan tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, şaxsiy va ijtimoiy hayotingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman! Xonadonlarimizni, gözal yurtimizni tinçlik-osoyiştalik, fayz-u baraka aslo tark etmasin!
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yillik bayrami barçangizga muborak bölsin, aziz yurtdoşlar!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶