Maktab pedagogika kengaşi: U şunçaki yiğiliş emas
Amaldagi “Maktab pedagogika kengaşi töğrisida”gi Nizomga pedagogik kengaş umumtaʼlim muassasasi faoliyatiga doir asosiy masalalar kollegial muhokama qilinadigan, taʼlim muassasasida öquv-tarbiya jarayonini rivojlantiriş, takomillaştiriş, uning faoliyati bilan boğliq barça taşkiliy masalalarni muvofiqlaştiriş böyiça doimiy faoliyat yuritadigan oliy organ hisoblanadi.
Maktab pedagogika kengaşi 16 ta asosiy vazifalarni öz içiga oladi. Bundan taşqari kengaş taʼlimga oid qonunçilik hujjatlariga muvofiq boşqada vazifalarni amalga oşirişi mumkin. Jumladan maktab pedagogika kengaşi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi “Umumiy örta taʼlim muassasalarining örnak körsatgan xodimlarini moddiy rağbatlantiriş tartibini takomillaştiriş töğrisida” gi 823-qarori asosida tasdiqlangan Nizomda körsatilganidek, maktabda tuziladigan işçi guruhni öz qarori bilan har öquv yilida qaytadan şakllantiriş vazifasini ham amalga oşiradi.
Kengaş majburiy tarzda öquv yili boşida, avgust oyida 1- yiğilişini ötkazadi. Yiğiliş kun tartibida reja asosida maktabning yangi öquv yiliga möljallangan yillik iş rejasi va öquv yili davomida amalga oşiriladigan asosiy vazifalarning yönalişlari belgilab olinadi. Maktab pedagog xodimlarining darslar taqsimoti körib çiqiladi va tasdiqlanadi. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda 3271 raqam bilan röyxatdan ötgan “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlaş hamda tarifikatsiya röyxatlarini şakllantiriş tartibi töğrisida”gi Nizom asosida maktab metod birlaşmalari tomonidan taqsimlangan darslar taqsimotini qayta körib çiqiş va qayta taqsimlaş vakolatiga ega.
Maktab pedagoglari işga qabul qilingan kundan eʼtiboran kengaş aʼzosi hisoblanadi. Kengaş yiğilişlariga kun tartibidagi masalalarga köra, maktab ota-onalar qömitasi raisi, maktab kuzatuv kengaşi raisi, fuqarolar yiğini aʼzolari ham taklif qilinişi mumkin. Kengaş yiğilişi uning raisi tomonidan çaqiriladi va aʼzolarining uçdan ikki qismi hozir bölganda vakolatli hisoblanadi. Baʼzi holatlarda yillik tasdiqlangan rejadan taşqari ham kengaş yiğilişini çaqiriş zarur bölişi mumkin. Bunday yiğilişlar navbatdan taşqari pedagogika kengaşi yiğilişi deb ataladi va unda kengaş aʼzolarining kamida uçdan bir qismi hozir bölgan vaqtda vakolatli hisoblanadi. Kengaş yiğilişi ötkaziliş kuni, vaqti, joyi va kun tartibidagi masalalar bir hafta oldin eʼlon qilinişi şart.
Maktab pedagogika kengaşi tomonidan qabul qilingan qarorlar öz ahamiyatliligi va taʼlimning sifat samaradorligini taʼminlovçi asosiy omil hisoblanadi. Uning ijrosini taʼminlaş- maktab pedagoglari va xodimlarining lavozim majburiyati qilib belgilangan.
Maktab bayonnomalari va qabul qilingan qarorlar pedagogika kengaş kotibi tomonidan maxsus, şnurlangan va har bir sahifasi raqamlanib, ip ötkazib, muhrlangan daftarga yoziladi. Maktab direktori bayonnomaning töğri va töliq yozilişini nazorat qilib boradi va har bir bayonnoma oxirida imzosi va maktab muhri bilan tasdiqlaydi. Kengaş bayonnomalarini qayd qiliş daftari- maktabning alohida nazoratda turuvçi hujjatlari sirasiga kiradi va saqlaniş muddati 75-yil bölib hisoblanadi. Maktab rahbari almaşgan vaqtda dalolatnoma bilan keyingi rahbarga topşiriladi.
Yalğaşboy Şamuratov
Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼloçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶