“Korruptsiyaga qarşi kuraşişning samarali usullari” mavzusida yiğiliş bölib ötdi
Korruptsiya – bu jamiyatnining rivojiga salbiy taʼsir körsatuvçi xavfli jinoyat hisoblanadi. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazibgina qolmasdan, inson huquqlari buzilişiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga tösqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlaştiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyuşgan jinoyatçilik va boşqa hodisalarning ildiz otişiga şaroit yaratib beradi.
Taʼkidlab ötiş örinliki, uşbu illat dunyoning barça mamlakatlarida uçraydi. Uni bartaraf etiş böyiça jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali işlar amalga oşirilmoqda. Şu jumladan, mamalakatimizda ham mazkur jinoyatning oldini oliş maqsadida bir qator qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan bölib, keyingi yillarda korruptsiyaga qarşi kuraşişning samarali mehanizmlari işlab çiqildi va keskin kamayişiga erişildi.
25-noyabr kuni Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş usullari” mavzusida yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda tuman hokimining örinbosari – Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova, fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi mudirasi Sanobar Xolboyeva, Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği Nilufar Jumaniyozova, tuman prokurori yordamçisi Abbaz Niyazimbetov, Içki işlar bölimining xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori Inobat Örazmatova hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Yiğilişda tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş bölimi mudirasi Sanobar Xolboyeva korruptsiyani yuzaga keltiruvçi omillar sifatida aholining huquqiy savodxonligi pastligi, mamlakatda diniy va axloq qoidalarining buzulişi, inflyatsiyaning yuqori darajasi, davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatçilar daromadlarining xususiy sektorda topiş mumkin bölgan daromadlardan kamligi va şu kabi boşqa sabablar ekanligini aytib ötdi.
Tuman Yuridik xizmat körsatiş markazi boşliği Nilufar Jumaniyozova esa korruptsiyaga qarşi kuraşişning samarali usullari haqida gapirdi. Keltirilişiça, içki va taşqi nazoratni kuçaytiriş va saylov tizimi orqali kuraşiş jahon mamlakatlarida tan olingan usul sifatida qaraladi.
Boşqaruv apparatining özida içki nazorat tuzilmalari taşkil etilib, uşbu tuzilma aʼzolari xodimlarning etiket qoidalariga rioya qilişlarini nazorat qilib borsa, mazkur illatning sezilarli darajada kamayişiga erişiladi.
Şundan söng, Içki işlar bölimining xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektori Inobat Örazmatova tumandagi har bir korxona, taşkilot, muassasa rahbarlari, xodimlarining öz xizmat vazifalarini bajarişda har qanday moddiy qiymatga ega “hadya”larning berilişiga, olişiga yoki ularning xizmat vazifalarini bajarişi munosabati bilan boşqa imtiyozlar taklif qilinişga qarşi samarali tarza kuraşilayotganligi, şuningdek, uşbu illatga qarşi kuraşişda xodimlar orasida qatʼiy fuqarolik pozitsiyasini şakllantiriş maqsadida turli ijtimoiy tadbirlar, sport musobaqalari va tanlovlar ötkazilib kelinayotganligini taʼkidladi.
Tuman prokurori yordamçisi Abbaz Niyazimbetov faqatgina pora olgan kişi korruptsioner emasligini, balki pora taklif qilgan va bergan şaxs ham jinoyatçi bölişini aytib, jinoyatga jazo muqarrar ekanligini taʼkidlab ötdi.
Tuman hokimi örinbosari Gözal Saburova xotin-qizlar faollariga öz xizmat vazifalarini sidqidildan va vijdonan bajarişlarini, iş jarayonini holislik va şaffoflik tamoyillari asosida samarali usulda taşkil etişlari lozimligini aytib murojaat qildi.
Şuningdek, korruptsiviy holatlarning oldini olişda barça birdek harakat qilişi lozimligini bu esa jamiyat rivojida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi.
Darhaqiqat, baʼzi fuqarolarning qonunlarga eʼtiborsizligi, befarqligi, har bir işni pul orqali hal qiliş mumkin degan fikri uning farzandlari va oilasi oldida, yaşab turgan joyidagi hamqişloqlari orasida yuzini yerga qaratadi. Şunday ekan uşbu illatdan barçamiz yiroqda bölaylik!
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶