15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 23:30
Jamiyat 👁 335

“BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARShIMIZ!” ShIORI OSTIDA AKTsIYa OʻTKAZILDI

“BIZ ZOʻRAVONLIKKA QARShIMIZ!” ShIORI OSTIDA AKTsIYa OʻTKAZILDI

Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1999-yil 17-dekabrdagi rezolyutsiyasiga koʻra, 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.

Shu munosabat bilan butun dunyoda, shu jumladan mamlakatimizda ham nafaqat belgilangan sana, balki yil davomida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz!” shiori ostida turli xil tadbirlar, davra suhbatlari, aktsiyalar oʻtkaziladi.

Qolaversa, soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash, onalik va bolalikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirishga qaratilgan meʼyoriy hujjatlar qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar”, deya eʼtirof etilishining oʻzi mamlakatimizda har bir ayol-qiz jamiyatning barcha sohalarida faol ishtirok etishi uchun huquqiy kafolat hisoblanadi. Bundan tashqari, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Prezident Farmonlari, ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlashning yaqqol ifodasidir.

Joriy yilning 21-noyabr kuni Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining faollar zalida 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni munosabati bilan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz!” shiori ostida aktsiya tashkil etildi. Unda maktab pedagogika jamoasi, maktab oʻquvchilari, Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, Ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Inobat Oʻrazmatova, tergov boʻlimi tergovchisi Dilafruz Sharipova, isnpektor-psixolog Kumushoy Bekmanova, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi huzuridagi ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha namunali tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimboychiyevalar ishtirok etishdi.

Tadbirni Prezident taʼlim agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Muyassar Rahmatullayeva ochdi va oʻtkazilayotgan aktsiyaning mazmun-mohiyati, zoʻravonlikka qarshi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar xususida batafsil toʻxtaldi.

Shundan soʻng, Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalasi boʻyicha katta inspektor. leytenat Inobat Oʻrazmatova, tergov boʻlimi tergovchisi Dilafroʻz Sharifovalar bugungi kunda xotin-qizlarni zoʻravonlikdan himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani, ushbu yoʻnalishda bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya qilingani, mustaqil Oʻzbekistonimizda qanday vaziyatda boʻlmasin, u jamoat joyida, xilvatda yoki oiladami, ayolni, bolalar va keksalarni, har bir insonni sodir etiladigan jinoiy zoʻravonliklardan himoya qilish mexanizmi mustahkamlab qoʻyilgani haqida batafsil soʻz yuritishib, hayotiy misollar orqali zoʻravonlikka barham berishning xalqaro miqyosda tan olingan huquqiy asoslari xususida maʼlumotlar berdilar.

Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar ushbu yoʻnalishda oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barcha savollarga masʼul mutaxassislar batafsil javoblar berishdi.

Boʻlib oʻtgan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz!” aktsiyasi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va zoʻravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish boʻyicha oʻquvchi-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ushbu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlarni doimiy ravishda izchil amalga oshirishga intilish va qiziqishlari, burch va majburiyatlarini toʻlaqonli tushungan holda harakat qilishlarida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019