KORRUPTsIYaGA QARŞI KURAŞIŞNI YaNADA KUÇAYTIRIŞ MAVZUSIDA YIĞILIŞ ÖTKAZILDI
Beştom mahalla fuqarolar yiğinining maʼmuriy binosida “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş” mavzusida oçiq muloqot tarzidagi yiğiliş bölib ötdi.
2022-yil 14-noyabr kuni bölib ötgan yiğilişda Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi masʼullari, fuqarolar yiğini raisi Azat Seytimov, mahalla fuqarolari va faollari, hudud profilaktika inspektori qatnaşişdi. Yiğilişni fuqarolar yiğini raisi A.Seytimov olib bordi.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korruptsiyaga qarşi murosasiz munosabatda böliş muhitini yaratiş, davlat va jamiyat boşqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytiriş va bunda jamoatçilik iştirokini kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni, korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça 2021-2022-yillarga möljallangan Davlat dasturining 34-bandi ijrosini taʼminlaş kabilar böyiça söz yuritildi. Şuningdek, korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uçun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligi, buni aholi va davlat xizmatçilari ongiga singdirib boriş lozimligi taʼkidlab ötildi. Özbekiston Respublikasida “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati töğrisida ham keng tuşuntiriş berildi.
Yiğiliş sönggida iştirokçilarning turli savollariga atrofliça javoblar berildi. Oçiq muloqot, bahs va munozaralar tarzida ötgan yiğilişda qatnaşganlar huquqiy bilimlarini mustahkamlab, kerakli maʼlumotlarga ega böldilar.
J.Örazboyev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶