Bayrogʻim – hurligim timsoli
Davlat ramzlari xalqning birligini, mustaqil davlat ekanligini ifodalaydi. Vatanim bayrogʻidan shonli oʻtmishimiz va buyuk keljagimizni, bobolarimizning muqaddas orzularini his qilaman.
Vatan ramzlarida maʼno koʻp. Bayrogʻimizning magʻrur hilpirashi farovon hayotimizdan soʻzlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi 1991-yil 18-noyabrda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VII sessiyasida qabul qilingan. Bu yil 31 yoshini toʻldirayotgan bayrogʻimiz mustaqil davlatimizning tarixiy ildizlarini, milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan.
Davlat bayrogʻidagi ranglar xalqning orzu-istaklari, buyuk gʻoyalaridan hikoya qiladi. Moviy osmonimizga termular ekanman, porloq quyoshimiz, qushlar parvozini koʻraman. Albatta, bu manzara tinchlik neʼmatidir. Moviy rang, mening nazarimda, begʻubor osmon, osuda turmushimiz, donishmandlik, shon-shuhrat ramzi. Binobarin, bobomiz Amir Temur davlati bayrogʻining rangi ham moviy boʻlgan.
Oq rang muqaddas tinchlik, qalb va niyat tozaligini anglatadi. Yorugʻlik begʻuborlik, soflikni anglatadi. Yashil rang bilan koʻz oldimda keng dalalar, serhosil bogʻlar gavdalanadi. Qizil rang men uchun, tomirimizdagi joʻshqin qon, shahid bobolarimizning muborak ruhini eslatib turadi.
Vatanimiz bayrogʻi jahonning muhim, nufuzli tadbirlarida, olimpiadalarda yuksak oʻrinlarda hamisha hilpirab tursin! Qalbimizni gʻurur-iftixor tuygʻusi tark etmasin! Bayrogʻim – hurligim – umring mangu boʻlsin!
Shohzod Qurbonboyev,
QDU talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶