Adabiyot
👁 233
HILPIRAYVER BAYROGʻIM
Tepamizda hilpirar,
Oʻzbekiston bayrogʻi.
Iqbolingni quch, degan,
Istiqbolning mayogʻi.
Unda bordur toʻrt xil rang,
Moviy, qizil, yashil, oq.
Oy, yulduzlar hamohang,
Bir - biriga mushtarak.
Moviy - tiniq osmondur,
Qizil belbogʻ - qonimiz.
Oq - tinchlikdan darakdur,
Yashil - keng makonimiz.
Ishonchimiz, shahdimiz,
Olgʻa chorla mayogʻim!
Yuksaklardan yuksakda,
Hilpirayver bayrogʻim!
Zarnigor Yusupboyeva,
1-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶