AHOLI SALOMATLIGINI TAʼMINLAŞ – USTUVOR VAZIFA
Salomatlik – inson uçun juda muhim va qadrli bölgan boylik hisoblanadi. Mustahkam salomatlik esa mazmunli hayot keçiriş, barakali umr köriş demakdir. Inson omili boş mezon bölgan yurtimizda şu sababli soğliqni saqlaş sohasini isloh qiliş, tibbiy xizmat körsatiş sifati va samaradorligini yanada yuksaltiriş, aholi salomatligini mustahkamlaş davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi.
Amudaryo tumanida ham tibbiyot sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, özgarişlar amalda özining ijobiy natijalarini körsatmoqda. Soha xodimlari esa aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş, reproduktiv salomatligini mustahkamlaş, onalar va bolalar salomatligini taʼminlaş, ularni patronaj xizmati va profilaktik köriklar bilan qamrab oliş borasidagi masʼuliyatli vazifalarini fidoyilik bilan ado etişmoqda.
Tuman Tibbiyot birlaşmasi tarkibida markaziy şifoxona, Tez tibbiy yordam bölimi, Köp tarmoqli markaziy poliklinika faoliyat körsatadi. Şuningdek, hududlarda qişloq oilaviy poliklinikalari, çekka qişloqlarda 11 ta mahalla tibbiyot punktlari ham taşkil etilgan. Markaziy şifoxona va Tez tibbiy yordam bölimiga yangidan zamonaviy tibbiy jihozlar keltirilib, xizmat sifatini yaxşilaşga alohida eʼtibor
qaratilmoqda.
Şuningdek, 7 ta qişloq oilaviy poliklinikalariga zamonaviy UTT apparati örnatildi. Har bir oilaviy poliklinikaga stomatolog, ginekolog, laborant-vraç, UTT şifokorlariga qöşimça iş örinlari ajratilib, tor doiradagi mutaxassislar faoliyati yölga qöyilgan. Mahalla tibbiy punktlariga jadval asosida 11 nafar şifokorlar va 26 nafar hamşiralar biriktirilgan.
Aholini çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazişni takomillaştiriş soğlom avlodni tarbiyalaş, ona va bola salomatligini muhofaza qiliş, fuqarolarda tibbiy madaniyat, sanitariya-gigiyena könikmalarini şakllantiriş, kasalliklarni kamaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois, tumanning olis hududlarida yaşovçi aholi uçun çuqurlaştirilgan sayyor tibbiy köriklar taşkil etilmokda.
Şunday tadbirlar doirasida olis va çekka hududlarda yaşovçi 15 ming 547 nafar fuqaro tibbiy körikdan ötkazildi. 2022-yilning ötgan davrida 134 nafar bemorga tuman markaziy şifoxonasida, Respublika tibbiyot markazlarida yuqori texnologik operatsiyalar ötkazilib, oğir darddan xalos bölişiga kömaklaşildi va salomatliklari tiklandi. Tumanda 25 nafar qandsiz diabet bilan kasallangan bemorlar demopressin preparati, 25 yoşgaça bölgan qandli diabetning birinçi turi bilan kasallangan 10 nafar bemorlar özini özi nazorat qiliş vositalari, yaʼni glyukometr va maxsus test yaproqçalari, 216 nafar qandli diabet bilan kasallangan bemorlar insulin dori vositasi bilan uzluksiz taʼminlanib kelmoqda. Yurak-qon tomir va endokrin kasalliklarni erta aniqlaş böyiça 40 yoşdan oşgan 60 mingdan ziyod aholidan 56971 nafari skrining tekşiruvidan ötkazilib, aniqlangan xavf guruhlari böyiça rejali ravişda soğlomlaştiriş işlari olib borilmoqda.
Undan taşqari, tuman aholisida endokrinologik kasalliklarni barvaqt aniqlaş, sifatli davolaş va asoratlarini kamaytiriş maqsadida qöşimça 2 nafar şifokor şu mutaxassislikka, 13 nafar şifokor UTT mutaxassisligiga qayta tayyorlandi. Şuningdek, köp tarmoqli markaziy poliklinika tarkibida “Bolalar bölimi” yangidan taşkil qilinib, 14 yönalişdagi tor doira mutaxassislari bilan taʼminlandi. Tuman hududidagi tibbiyot maskanlarida faoliyat körsatib kelayotgan şifokor va patronaj hamşiralarning öquv kurslarida malaka oşirişlariga imkoniyat yaratib kelinmoqda.
Tuman Tibbiyot birlaşmasida 2022-yil davomida bir qator yangi quriliş, mukammal va joriy taʼmirlaş işlari olib borildi. Qiymati 14,3 mlrd. sömlik 90-örinli yangi tuğruq bölimi binosini quriş işlari “Temir beton” MÇJ tomonidan, 72-sonli oilaviy poliklinika binosida 749 mln. 990 ming sömlik mukammal taʼmirlaş işlari “Suv quriliş” MÇJ tomonidan amalga oşirilmoqda. Qangli oilaviy şifokorlik punkti binosini taʼmirlaş uçun 590 mln. söm ajratilib, hozirda smeta hujjatlari tayyorlanmoqda.
Jisman va ruhan soğlom inson jamiyat ravnaqi va taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladi. Buni sidqidildan anglagan holda xalqimiz salomatligini asraşga, har bir fuqaroga sifatli tibbiy xizmat körsatişga masʼul bölgan, bemorlarga şifo ulaşib kelayotgan barça tibbiyot xodimlariga kasb bayramlari muborak bölsin! Soha jonkuyarlarining kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar tilayman!
Faxriddin Abdullayev, Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶