NAZARXON OVULIDAGI HOKIM VA YoŞLAR UÇRAŞUVIDA MUAMMOLAR ÖRGANILDI
Mamlakatimizda yoşlar hayotida sodir bölayotgan muammolarni hal qiliş, ularni kasb-hunarga örgatiş, faoliyatini rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Buning natijasida yuzlab yoşlar hayotida ijobiy özgarişlar kuzatilmoqda. Muntazam ravişda taşkil qilib kelinayotgan “Hokim va yoşlar” uçraşuvi ham kelajak vorislarining jamiyatda öz örnini topişida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu mazmundagi navbatdagi uçraşuv Amudaryo tumanining Nazarxon ovul fuqarolar yiğini binosida bölib ötdi. Uçraşuvda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va manaviy-maʼrifiy işlar böyiça hokim örinbosari Mahmud Şermetov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov hamda maʼsul taşkilot xodimlari tomonidan hudud yoşlarining muammolari örganildi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev hamda Prezidentning tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovlar yurtimizda sönggi paytlarda amalga oşirilayotgan islohotlar, ularga asos bölayotgan Prezident va hukumat qarorlarining mazmun-mohiyati xususida söz yuritişdi. Ularning maʼnan yetuk, jismonan barkamol, yurt kelajagini yaratişga qodir insonlar bölib ulğayişga çorlaşdi. Yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan maqsadli foydalanib kasb örganişga, mutaxassis kadr sifatida yetişişga va eng muhimi Vatan uçun kerakli farzand bölişga daʼvat etişdi.
Yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va manaviy-maʼrifiy işlar böyiça hokim örinbosari Mahmud Şermetov hamda Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilovlar yoşlar hayotiga daxldor qabul qilingan Qonun, Farmoyiş va boşqa şu kabi huquqiy hujjatlarlarning mazmun-mohiyati haqida sözlab, tumanda amalga oşirilayotgan işlar xususida maʼlumot berişdi. “Yoşlar daftari”ga röyxatidagi yoşlar uçun amalga oşirilgan işlar haqida aytib ötildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, intellektual öyinlar, aqliy-ijodiy va jismoniy tanlovlarda natijali iştirok etişlari ularning ruhan barkamol, jismonan soğlom avlod sifatida kamol topişiga asos bölişi hayotiy misollar bilan tuşuntirildi.
Şuningdek, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi tomonidan kiçik biznes va tadbirkorlik uçun yoşlarga keng imkoniyatlar berilayotganligi, ulardan foydalanib öz tadbirkorligini yölga qöygan yoşlar haqida ham maʼlumotlar berildi.
Uçraşuvda yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar, takliflar bilan faol iştirok etişdi. Özlarini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolar xususida fikr va takliflarini bildirişdi.
Jarayon davomida jami 7 ta murojaat kelib tuşdi. Murojaat egalaridan 4 nafariga şu joyning özida tuşuntiriş işlari olib borildi. Şuningdek, 3 nafar yoşning murojaati böyiça esa tegişli mutasaddilarga yordam körsatiş topşiriği berildi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶