TIBBIYoTDAGI ISLOHOTLAR INSON QADRINI ULUĞLAŞGA XIZMAT QILMOQDA
Prezidentimiz joriy yil 18-mart kungi soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan ötkazgan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uçun” mavzusidagi oçiq muloqotida aholi soğliğini saqlaş, tibbiy xizmat sifatini yaxşilaş böyiça köpgina vazifalar belgilangan edi.
Uşbu topşiriqlar ijrosini taʼminlaş maqsadida qabul qilingan “Birlamçi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlaştiriş va tibbiy xizmatlar samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident qarorida birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylaşgan mahallalarda konteyner mahalla tibbiyot punktlarini taşkil etiş belgilangan edi.
Qaror ijrosini yuzasidan Amudaryo tumanida ham amaliy saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Şu kungaça tumanimizda 11 ta konteyner tipidagi mahalla tibbiyot punktlari, ularda faoliyat yurituvçi tibbiy brigadalar taşkil etildi.
Boğ mahallasidagi mahalla tibbiyot punkti ayni kunda 2005 nafar aholiga tibbiy xizmat körsatmoqda. Umumiy amaliyot şifokori Gulbahor Törayeva rahbarlik qilayotgan mahalla tibbiyot punkti tibbiy brigadasida Malika Abdullayeva, Mehribon Norboyevalar hamşira, Umida Sobirova esa doya bölib mehnat qilişadi.
Hududda 555 nafar tuğiş yoşidagi ayollardan, 37 nafar turli yoşdagi nogironligi bölgan fuqarolardan, bolalar ahvolidan xabar oliş, zarurat tuğilganlarini statsionar davolanişga jalb etiş, nuroniylar, keksayib, erkin harakat qila olmay qolganlarning soğliğini nazorat qiliş ularning zimmasida.
Şuningdek, aholi turli guruhlari orasida soğlom hayot keçiriş afzalliklarini tarğib etiş, soğlom avlodni tarbiyalaş, kasalliklar profilaktikasi böyiça ommaviy va induvidual tarğibot tadbirlarini olib boriş, profilaktik immunoprofilaktik, diagnostik va davolaş muolajalarini amalga oşiriş kabi tibbiy xizmatlar uçun endi Boğ mahallasi aholisida neça çaqirim yöl bosib, Manğitga qatnab yurmaydigan böldi. Mahalla tibbiyot punkti tibbiy brigadasi aʼzolari çaqiruvga binoan uylariga borib ham körikdan ötkazayotgani, zarur hollarda muolaja qilib, kerakli dori-darmonlarni berayotgani aholining orzulari röyobi bölayotir.
Mahallada soğlom turmuş barqaror bölişida mahalla fuqarolar yiğini masʼullari, profilaktika inspektori hamkorligi yölga qöyilgani kutilgan samarani berayapti.
Mahallada istiqomat qiluvçi 1993-yilda tuğilgan Muhayyo Adamova bir hafta muqaddam jarrohliq operatsiyasini boşidan ötkazdi.
Uni endilikda nafas yetişmovçiligi, umumiy holsizlik va badanining kesilgan joylarida surunkali oğriq bezvota qilayotgani uçun tibbiyot punktiga körikka keldi. Oliy toifali, malakali şifokor Gulbahor Törayeva uni sinçiklab tekşirib, davo muolajalarini buyurib, zurar dorilar berdi va ularni qay tarzda qabul qiliş yöl-yöriqlarini tuşuntirdi. Qon bosimi oşişidan şikoyat qilib kelgan fuqaroga ham zarur dori-darmonlar punkt hisobidan bepul berildi.
Tibbiyot punkti faoliyatini kuzatgan kişi bu yerga taşrif buyurayotganlar yöl bosib tuman markaziga borib yurmay, öz hududlarida malakali tibbiy xizmatdan foydalanayotganliklaridan mamnun bölib ketayotganiga guvoh böladi. Bu esa tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uçun ekanligining amaldagi ifodasidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶