“XIZMAT – BEMINNAT” LOYIHASI FAOLI AZIMBOY SAFARBOYeVGA ÖZMTDP MARKAZIY KENGAŞI RAISINING TAŞAKKURNOMASI TOPŞIRILDI
Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi taşabbusi bilan ötkazilayotgan qator loyihalar bugun juda köplab yoşlarni öz atrofiga jamlab, ularning iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etişlarida, kasb-hunar egallaşlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, partiya taşabbusi bilan yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlari, kam taʼminlangan oilalar farzandlarini turli xil fan va hunar tögaraklariga jalb qiliş maqsadida taşkil etilgan “Xizmat – beminnat” loyihasi amalda öz samarasini bermoqda.
Şu yil 1-noyabr kuni Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Amudaryo tuman Kengaşi ijroçi kotibi Şirin Yangiboyeva mazkur loyiha doirasida taşkil etilgan matematika fani böyiça öquv kursida öquvçilarga taʼlim berib kelayotgan fidoyi öqituvçi hamda partiya faoli Azimboy Safarboyevga Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi Alişer Qodirovning taşakkurnomasini topşirdi.
Şuningdek, Özbekiston xalq taʼlimi aʼloçisi kökrak nişoni, “Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi” faxriy unvoni sohibi Azimboy Safarboyevning yoşlarga taʼlim-tarbiya berişdek ezgu işlardagi jonkuyarligi, fidoyiligini tilga olib ötdi.
Mazkur loyiha doirasida köp yillardan buyon umumtaʼlim maktablaridagi kam taʼminlangan oilalar farzandlarini beminnat öqitib, taʼlim-tarbiya berib kelayotgan fidoyi ustozlardan biri Azimboy Safarboyev “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida matematika fanidan bepul öquv kursini taşkil etib, har yili kam taʼminlangan oilalar farzandlari bölgan öquvçi-yoşlarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Uşbu öquv kursida fanni mukammal özlaştirgan yoşlar turli oliy öquv yurtlari talabalari bölişmoqda. Jonkuyar va talabçan ustoz Azimboy Safarboyevning ana şunday fidoyiliklari inobatga olinib, Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi Alişer Qodirov tomonidan taşakkurnoma bilan taqdirlandi.
Taʼkidlanganidek, Partiyaning “Xizmat – beminnat” loyihasi partiya dasturiy vazifalari hamda Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasida yoşlarga oid belgilangan vazifalarni amalga oşiriş, şuningdek, “Ijtimoiy şeriklik töğrisida”gi va “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonunlar ijrosini taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan. Mazkur loyiha bilim va kasb-hunar örganiş istagida bölgan yoşlarni öz atrofiga birlaştirib kelmoqda.
Loyiha doirasida partiyaning tuman Kengaşi tomonidan joriy yil hisobiga jami 5 ta bepul öquv kurslari taşkil etildi. Mazkur loyiha böyiça 60 dan ziyod yoşlar bepul taʼlim va kasb-hunarga jalb qilinib, ularga köngilli öqituvçi va murabbiylar rahbarlik qilgan bölsa, joriy yilda ham uşbu işlar davom ettirilmoqda.
Tadbir davomida yoşlarning hayotga bölgan qatʼiy işonç va qaraşlarini şakllantiriş, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, kasbga yönaltiriş va hayotda öz örinlariga ega bölişlarida ustozlarning xizmati katta ekanligi tilga olinib, fidoyi öqituvçi Azimboy Safarboyevga alohida minnatdorçilik bildirildi.
Partiyaning uşbu loyihani taşkil etişidan asosiy maqsadi yoşlarning ijtimoiy jihatdan şakllanişi, intellektual, ijodiy, jismoniy, axloqiy va boşqa yönalişdagi salohiyatlarini yuzaga çiqarişlariga, ularning yetuk avlod bölib kamol topişiga kömaklaşiş va şart-şaroitlar yaratişdan iborat. Şu bilan birga ularning tafakkurlarini kengaytiriş, dunyoqaraşini buzişga olib keladigan xatti-harakatlar va ğoyalardan himoya qiliş borasidagi vazifalarni amalga oşiriş, yurt kelajagini yaratişga qodir yoşlar voyaga yetişiga hissa qöşişdir.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶