“AMUDARYo” JAMOASI ÖZBEKISTON ÇEMPIONATI SOVRINDORI BÖLDI
Şu yilning 27-31-oktyabr kunlarida Özbekiston futbol assotsiatsiyasi 14 yoşgaça bölgan qizlar orasida futbol böyiça Özbekiston çempionatining final öyinlarini ötkazdi. Uşbu bahslarning ilk bosqiçida mamlakatimizning turli hududlaridan iqtidorli qizlardan tarkib topgan jami 32 ta jamoalar qatnaşgan bölsa, Buxoro viloyatida bölib ötgan final bosqiçida 8 ta jamoa qizlari özaro kuç sinaşdilar.
Quvonarlisi amudaryolik yoş futbolsevar qizlarning “Amudaryo” jamoasi uşbu musobaqalarda yuksak mahorat va çaqqonlik körsatib, faxrli ikkinçi örinni egalladilar. Ular yakuniy bahsda “Sevinç” jamoasi bilan maydonga tuşib, ğoliblik uçun şiddatli jang olib borişdi. Biroq çempionatning ötgan yillardagi sovrindori bölgan “Sevinç” futbol klubida muntazam maşğulotlar olib borayotgan qizlar osonlikça mağlub bölmadi.
Ötkazilgan bahslarda “Amudaryo” jamoasi aʼzosi Laylo Baxtiyorova, Sevinçoy Tangirovalar “Eng yaxşi öyinçi” deb topildilar. Jamoa boş murabbiyi Rufat Bobojonov şogirdlari erişgan muvaffaqiyat haqida quvonib sözlarkan, keyingi yil albatta ğoliblikni qölga kiritişga harakat qilişini aytdi.
Biz sovrindor jamoani erişgan yutuği bilan qutlab qolamiz.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶