SUD MASʼULLARINING SAYYoR QABULI ÖTKAZILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.M.Mirziyoyevning sud organlari tizimida odil sudlovni taʼminlaş borasidagi işlarning ahvoli, muammolar va kelgusidagi vazifalarning muhokamasiga bağişlangan yiğilişda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquq va erkinliklarini sud orqali işonçli ximoya qiliş maqsadida olis qişloq va mahallalarda sud masʼullarining sayyor qabullari ötkazilib kelinmoqda.
Şu yil 22-oktyabr kuni Beştom mahallasi va Nazarxon ovulida Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi masʼullari, Iqtisodiy işlari böyiça Beruniy tumanlararo sudi sudyasi Bayram Bekmuradovlarning iştirokida sayyor qabul ötkazildi. Sayyor qabulda 31 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, körib çiqildi.
Qabul davomida 5 nafar fuqaroning meros bölib qolgan uy-joyiga kadastr hujjat tayyorlaş, 4 nafar fuqaroning kadastr agentligi tomonidan solingan jarima jazosidan noroziligi, 4 nafar fuqaroning oilasiga moddiy yordam masalasida, 6 nafar fuqaroning kredit masalasida, 3 nafar fuqaroning içimlik suv masalasida, 2 nafar fuqaroning ölim töğrisidagi guvohnomasini oliş masalasida va boşqa masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Sayyor qabuldan söng, sud masʼullari “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş, odam savdosi, ayniqsa, çaqaloq savdosining oldini oliş va Oila va xotin qizlarni tizimli qöllab-quvvatlaşga doir” Prezident Farmonining, Özbekiston Respublikasining “Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida tuşuntirişlar berib ötdi.
Qabulda iştirok etgan fuqarolar özlarini qiziqtirgan sud-huquq sohasiga doir masalalar yuzasidan savollari böyiça tegişli javoblar oldilar.
J.Örazboyev, Jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶