49-SONLI MAKTABDA FAN OYLIGI DOIRASIDA “ONA TILI – MILLAT KÖRKI” DEB NOMLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Özbek tiliga davlat maqomi berilganining 33 yilligi yurtimizda keng nişonlandi. Uşbu kunga bağişlab barça hududlarda, jumladan umumtaʼlim maktablarida turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ötkazildi.
Sana munosabati bilan Amudaryo tumanidagi 49-sonli maktabda ham “Ona tili – millat körki” deb nomlangan tadbir taşkil etildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçilari Matluba Berdimaqova hamda Nilufar Abdullayevalar tomonidan tayyorlangan uşbu tadbirni maktab direktori Şukurboy Ayimbetov oçib berdi va barçani til bayrami bilan tabrikladi. Şuningdek, ona tilining davlat tili sifatidagi örni va ahamiyatini yanada kuçaytiriş, uni faqatgina rasmiy til sifatida emas, balki, milliy madaniyat, maʼnaviyat timsoli sifatida yanada boyitiş hamda sofligini saqlaşga barça birdek masʼul ekanini taʼkidlab ötdi.
Tadbirda sözga çiqqan fan öqituvçilari til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmuş tarzi, tarixi ekanligini, tilimizni eʼzozlaş, uning davlat tili sifatidagi maqomi, jamiyatdagi mavqeini yuksaltiriş, yoş avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalaş hamişa dolzarb maʼnaviy burç bölib qolişini eʼtirof etişdi.
Millat til bilan barhayot bölişini, tilning möʼtabar bölgan onaga qiyoslanişi bejiz emasligini, inson onasiz, uning mehrisiz, sof muhabbatisiz yaşay olmaganidek, öz onasidek bölgan tilsiz ham hayot keçirişi aslo mumkin emasligini aytib ötişdi.
Tadbir maktab öquvçilari tomonidan tayyorlangan maʼrifiy-musiqiy dastur bilan davom ettirildi. Tadbir davomida maktabning 5-, 6-sinf öquvçilari til haqidagi şeʼrlar, maqollar aytib berişdi. “Ona tili tarqqiyoti” haqida maktabning 11-sinf öquvçisi Ruslan Boltaboyevning maʼruzasi tadbir iştirokçilariga juda manzur böldi.
Şuningdek, 8-sinf öquvçilari sof özbek tilida öz ijod namunalarini yaratib, uning rivojiga hissa qöşgan, uni uluğlagani uçun tazyiq-taʼqiqlarga uçragan, “xalq duşmani” degan tamğa bilan yurtdan quvğin qilingan adiblar hayotini sahna körinişlarida namoyiş etib, hammaning olqişini olişdi. Tildan örinli foydalanişga jalb etuvçi, bu boradagi muammo va kamçiliklarni ifodalovçi sahna körinişini namoyiş etgan maktabning 7-sinf öquvçilarining ijrolari ham barça öquvçilarda katta taassurotlar qoldirdi.
Undan taşqari, 7-sinf öquvçilari Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunida tilga munosabatni ifoda etuvçi moddalar tasnifini aytib berişdi. Tumandagi ijodkorlarni qöllab-quvvatlovçi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti aʼzosi Farhod Avezov ham ona tili fanining taʼlimdagi örni, fan öqituvçilarining til rivojiga qöşayotgan hissalari haqida töxtaldi.
Tadbirga taşrif buyurganlar 9-sinf öquvçilari ijrosidagi dilrabo raqslarni kötarinki kayfiyat bilan tomoşa qildilar. Özbek tilining huquqiy maqomini belgilaşda yengib ötilgan qiyinçiliklardan tortib, hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalaniş uçun yaratilgan şart-şaroitlar hamda davlat tilini yangi poğonaga olib çiqiş borasida qilinayotgan saʼy-harakatlar tasvirlangan videorolikdan esa köplab maʼlumotlarga ega böldilar.
Fan oyligi doirasida ötkazilgan uşbu tadbir barçaga birdek manzur böldi va unutilmas taassurotlar qoldirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶