15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 08:27
Jamiyat 👁 233

DARYoBOʻYI MFYNING FIDOYI INSPEKTORI

DARYoBOʻYI MFYNING FIDOYI INSPEKTORI

Inson oʻzini ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy va madaniy jihatdan toʻlaqonli barkamol his etishi uchun, avvalo, oʻz kasb-koridan, qilayotgan ishidan koʻngli toʻq boʻlishi kerak. Ana shunda, oʻzi sevgan kasb faoliyati bilan shugʻullanishdan zavq oladi, el-yurt, oilasi manfaati yoʻlida safarbar etilgan umrining har bir lahzasidan maʼno-mazmunlar topib yashaydi. Mohiyatan olib qaraganda, oqar suvday oqib borayotgan inson umrining qanday oʻzanda boʻlishi uning oʻziga, hayot tarziga bogʻliq.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika inspektori Furqat Oʻrozboyev xalq osoyishtaligi posboni vazifasida ishlashni orzu qilganida hali maktab oʻquvchisi edi.

Tumandagi 78-sonli umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga tugatgan Furqat Oʻrozboyev 2009-yilda Ajiniyoz nomidagi NDPIning tarix fakultetiga oʻqishga kirdi. U birinchi galda mamlakatimiz va dunyo tarixini puxta oʻrganish, xalq diplomatiyasining teran ildizlari, maʼnaviy, madaniy qadriyatlari boʻyicha mukammal bilimga ega boʻlish uchun intildi. Institut taʼlimidan tashqari, oʻz orzularini amalga oshirish yoʻlida qoʻshimcha adabiyotlarni topib oʻqidi, izlandi.

2013-yilda institutni muvaffaqiyatli tugatgan Furqat Oʻrozboyev bir yil dovomida Qashqadaryo viloyatining Nuriston tumanidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmat burchini ado etdi. Ana shu harbiy xizmat davri uni vatanparvar, xalq osoyishtaligi yoʻlidagi fidoyi shaxs sifatida shakllantirdi.

Harbiy xizmatdan qaytgach, ilk ish faoliyatini Toʻrtkoʻl tumani IIBda qoʻriqlash boʻlimi xodimi sifatida ishlashdan boshladi. IIB tizimida ishlash xodimdan qatʼiyat va matonatni talab qiladi. Bunda Furqat Oʻrozboyevga muddatli harbiy xizmatni oʻtash jarayonidagi bilim va koʻnikmalari qoʻl keldi. Vaqt bilan hisoblashmay ishlash, jamoat va davlat xavfsizligi daxlsizligini saqlash borasida oʻziga topshirilgan hududlarda tun-u kun namunali faoliyat olib bordi.

Oʻz xizmat vazifasiga maʼsuliyat bilan yondashishi, atrofidagilarga nisbatan madaniyatli, samimiy munosabati tufayli qisqa fursat ichida Toʻrtkoʻl tumani IIB rahbariyati nazariga tushdi. U 2017-2019-yillarda Toʻrtkoʻl tumani IIB qoʻriqlash boʻlimi safdor xodimi, 2019-2020-yillarda kantselyariya boʻlimi boshligʻi vazifalarida faoliyat olib bordi.

Furqat Oʻrozboyev 2020-yilda oʻzi tugʻilib oʻsgan Amudaryo tumanida oʻz xizmat vazifasini davom ettirdi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi tayanch punktlari prokfilaktika inspektori vazifasida ikki yil ish yuritgan Furqat Oʻrozboyev ayni paytda Amudaryo tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi profilaktika inspektori sifatida Daryoboʻyi mahallasidagi 357-sonli tayanch punktida faolit olib bormoqda.

Daryoboʻyi mahallasi aholi soni jihatidan ham, geografik oʻrni jihatidan ham tumandagi yirik mahallalardan biri hisoblanadi. Umumiy yer maydoni 278 kvadrat kilometrni tashkil etuvchi mahalla hududidagi 482 ta xonadonga birlashgan 708 ta oilada 2741 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududdagi 26 ta madaniy-maishiy va ijtimoiy obʼektlar, yaʼni korxona va tashkilotlar, taʼlim, tibbiyot muassasalari, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud boʻlib, aholining asosiy qismi mazkur yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi.

Furqat Oʻrozboyevning oʻz xizmat hududi boʻyicha amalga oshiradigan faoliyat koʻlami keng. U yigʻin raisi, xotin-qizlar faoli hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi, mahalla faollari bilan hamkorlikda har bir xonadonga kirib borib, aholi hayotiga oid muammolarni ijobiy had etish, hududdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini oʻrganib, aniqlangan kamchiliklarni imkon qadar tez va samarali hal etishga harakat qiladi.

Furqat Oʻrozboyev ishtirokida oʻtkazilib kelinayotgan “Xavfsiz tun”, “Payhon”, “Turmush”, “Xavfsiz hudud” tadbirlari aholi osoyishtaligini taʼminlashda muhim omil boʻlmoqda. Mazkur profilaktik tadbirlarning samarali oʻtkazilishi natijasida mahalla hududida 2022-yil davomida talonchilik, tovlamachilik, odam savdosi, avtotransportlarni olib qochish kabi jinoyatlar sodir etilmadi. 2022-yilning oʻtgan 10 oyi davomida voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik holatlari aniqlanmadi.

Har bir ishni mahalla masʼullari bilan hamkorlikda olib borgani uchun 2020-2022-yillar davomida Daryoboʻyi mahallasi hududida jinoyatlar sodir boʻlmadi. Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari esa oʻz vaqtida bartaraf etilib, zarur choralar koʻrilgani bois, bunday holatlar ham keskin kamayib bormoqda.

Har bir ish kunini mahalla hududidagi yashash joylaridan uzoqda, mehnat muhojirligida, oʻqish yoki ish yuzasidan boshqa shahar yoki xorijiy davlatlarda boʻlib turgan fuqarolarning oilasidagi mavjud vaziyat bilan tanishish, hudud aholisining ariza va murojaatlarini joyiga chiqib oʻrganishdan boshlaydigan profilaktika inspektori, katta leytenant Furqat Oʻrozboyev fuqarolar yigʻini raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda hudud faollari ishtirokida hisobot uchrashuvlari oʻtkazib, uchrashuvlar jarayonida mahalladagi vaziyat, zamon talablaridan kelib chiqib, fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash choralari boʻyicha maslahatlashib ish koʻrishi tufayli, hududdagi korxona va tashkilotlarda tungi navbatchiliklar tashkil etilib kelinmoqda.

Koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli yuqorida aytganimizdek, mahalla hududida osoyishtalik, uyushmagan yoshlar va oʻsmir yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan turli koʻngilochar tadbirlar aholi maʼnaviyatini yuksaltirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni sportga, sanʼat va kasb-hunar oʻrganishga, tadbirkorlik bilan shugʻullanishga jalb etish imkonini bermoqda.

– Xalq tinchligi va osoyishtaligi – bizning yutugʻimiz, – deydi Furqat Oʻrozboyev.

Biz esa uning xalq osoyishtaligi yoʻlidagi faoliyatida mustahkam iroda tilaymiz va kasb bayrami bilan tabriklaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019