SUV TEJOVÇI TEXNOLOGIYaLARNI QÖLLAŞGA OID KÖRGAZMALI SEMINAR ÖTKAZILDI
Keyingi yillarda mamlakatimizda qişloq xöjaligi yerlarining samaradorligini oşirişda suv tejovçi texnologiyalardan foydalanişga, suv taqçilligi şaroitida ham közlanganiday hosil olişga eʼtibor kuçaymoqda. Maʼlumki odatda suğoriladigan maydonlarga suv yetkazib beriş va taʼminlaşda ança yöqotişlar sodir bölar edi. Çunki, suv yetkazib beruvçi tarmoqlarning aksar qismi beton qoplamaga ega emas. Şu boisdan ham qişloq xöjaligi ekinlari ekiladigan maydonlarda anʼnaviy suğoriş usulidan voz keçib, suv tejovçi texnologiyalardan foydalaniş bugungi kunning talabidir.
Butun respublikamizda bölgani kabi uşbu texnologiyalar Amudaryo tumani qişloq xöjaligiga ham keng joriy etilmoqda. Ötgan yili jami 3800 gektar ekin maydoni ana şunday usulda suğorildi. Şundan 3730 gektari tomçilatib suğoriş, 30 gektari yomğirlatib suğoriş, 40 gektari esa diskret suğoriş texnologiyalari asosida suğorildi.
Joriy qişloq xöjalik yilida jami 2630 gektar ekin maydonida, şundan 2340 gektarida tomçilatib, 250 gektarida yomğirlatib, 40 gektarida diskretli suğoriş tizimidan foydalanildi.
Bunda suv isrof bölişining oldi oldinişi dehqonlar uçun ayni muddao bölayotir. Şuningdek, anʼanaviy suğoriş usulidagidan ekinlar hosildorligi sezilarli olmoqda. 145 gektar ğalla maydonlarini yomğirlatib suğoriş işlari bank krediti mablaği hisobiga moliyalaştirildi.
13-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Tölqin ovulidagi 2023-yil hosili uçun ekilgan ğalla maydonida tuman Irrigatsiya bölimi taşabbusi bilan ğalla maydonini egaluvçan quvurlar yordamida suğorişni joriy etişga bağişlangan körgazmali seminar bölib ötdi. Tadbirda tuman qişloq xöjaligiga masʼullari, fermer xöjaliklar rahbarlari, ğallaçilik klasterlari rahbarlari iştirok etdilar.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi masʼullari, Amudaryo tumani hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Islom Matkarimov va egiluvçan quvurlar yordamida suğoriş texnologiyasini işlab çiqaruvçi “GREN BELT FERGANA” masʼuliyati çeklangan jamiyati korxonasi xodimi Sanjar Muxtarovlar tomonidan ğalla maydonlarida hamda boşqa ekin maydonlarda egiluvçan quvurlar orqali suğorişning afzalliklari batafsil tuşuntirildi.
Şunisi eʼtiborliki, 2023 qişloq xöjalik yilida suv tejaydigan texnologiyalar yordamida suğoriladigan ekin maydonlari 3240 gektarga yetkaziladi. Şundan 1900 gektar paxta, 175 gektar boğ, 200 gektar uzumzor, 600 gektar boşqa ekinlar tomçilatib, 190 gektar ğalla maydonlari, 10 gektar sabzavot, 5 gektar ozuqabop ekinlar yomğirlatib, 150 gektar ekin maydonlari diskretli suğoriş texnologiyasi orqali, 800 gektari esa egiluvçan quvurlar orqali suğorilişi rejaştirilgan.
Aytiş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-mart kungi “Qişloq xöjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan Qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilariga suvni tejaydigan suğoriş texnologiyalarini joriy etiş böyiça xarajatlarning bir qismini qoplaş uçun subsidiyalar ajratilişi belgilangan.
Tadbirda şu haqda ham batafsil maʼlumotlar berildi va iştirokçilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶