TIBBIYoT FAXRIYLARI UChUN SAYoHAT TAShKIL ETILDI
Tuman Tibbiyot birlashmasi maʼmuriyati va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan sohada uzoq yillardan beri fidokorona mehnat qilib kelayotgan faxriylar uchun tarixiy maskanlar hamda diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi.
Shu yil 11-oktyabr kuni “Keksalar haftaligi” doirasida tashkil etilgan ushbu sayohat davomida mehnat faxriylarining madaniy hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadida ziyoratgohlar, teatr va muzeylarga tashrif buyurishdi.
Sayohatchilar dastlab tumandagi muqaddas qadamjolardan “Shayx Jalil bobo” ziyoratgohini ziyorat qilishdi. Shundan soʻng, Nukus shahridagi I.Savitskiy nomli sanʼat muzeyiga tashrif buyurib, u yerdagi koʻplab eksponatlar va koʻrgazmalar bilan tanishishdi. Berdaq nomli teatrda esa “Tumaris” spektaklini tomosha qilishdi.
Sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytgan faxriylar mazmunli hordiq chiqarishganini aytib, tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
J. Yavkashev, tuman Tibbiyot birlashmasi Faxriylari kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶