ÖRTAQALʼA OVULIDA 8 TA XONADONGA TOVUQ TARQATILDI
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi huzuridagi mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligining aholini tadbirkorlikka jalb qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan subsidiyalar ajratiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi Qarori yurtimiz aholisi turmuşi sifati va farovonligi oşişiga xizmat qilmoqda. Uşbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq ön olti yoşdan to pensiya taʼminoti huquqini oliş yoşigaça bölgan, haq tölanadigan işga yoki iş haqi beriladigan maşğulotga ega bölmagan, iş qidirayotgan, işga joylaşişga kömak sörab mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan mehnatga layoqatli şaxslarga ular qişloq xöjaligi kooperatsiyalarga aʼzo bölişlari uçun kooperatsiya ustav fondiga uluş sifatida kiritişi uçun subsidiyalar ajratiladi.
Tumanimizda ham qişloq hududlarda yaşovçi işsiz, biroq mehnat faoliyati bilan şuğullanişga iştiyoqi baland, mehnatga yaroqli, uy şaroitida daromad topişni istaydigan fuqarolarga ham mazkur Nizomga asosan uy şaroitida mehnat qilişlari uçun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Örtaqalʼa ovuli hokim yordamçisi Şahzodbek Karimov tavsiyasiga asosan ovul hududidagi 8 nafar fuqaro “Amudaryo Qiliçboy parranda” işlab çiqariş kooperativiga aʼzo qilinib, rahbari Şamsiddin Safarboyev tomonidan ularning har biriga tuxum yönalişida boqilayotgan 40 tadan tovuq, ozuqasi, suv idişlari yetkazib berildi hamda uşbu tovuqlarni qanday qilib parvarişlaş, daromad oliş xususida tuşuntirişlar berildi. Kooperatsiyaga aʼzo qilinganlardan biri Vaxum aholi punktida yaşovçi Jabborbergan Boymanov soğliğida muammolari borligi uçun oğir jismoniy mehnat qilolmaydi. Uning uy şaroitida mehnat qilib, daromad topişiga kömak berilgani – oila aʼzolari uçun ham quvonçli voqea böldi.
Parrandaçilik bilan şuğullanişni istaydigan, biroq faoliyat boşlaşi uçun mablaği yöqligi inobatga olinib, Yusufxöja aholi punktida yaşovçi Mehribon Xudoyberganova ham uşbu kooperatsiyaga aʼzo qilindi va tovuq berildi. Şu tariqa ovuldagi 8 ta xonadonida yaşovçi aholi daromad manbaiga ega böldilar.
Şu kungaça ovuldagi hokim yordamçisi kömagi bilan 31 nafar fuqarolar doimiy işga joylaşdi, 60 nafar fuqarolarning özini özi band qilişiga erişildi, 7 nafar fuqaro haq tölanadigan jamoat işiga joylaşdi, 52 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boşlaşlari uçun imtiyozli kreditlar ajratildi. Şuningdek, 13 nafar işsiz fuqaroga uy şaroitida daromad topişlari uçun 39,7 million söm subsidiya ajratildi. Qişloq xöjaligi yönalişida 42 nafar fuqaroga 11,1 gektar yer maydoni uzoq muddatga ijaraga berildi.
Amalga oşirilayotgan buningdek saʼy-harakatlar ovulda aholi, şu jumladan, xotin-qizlar va yoşlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj, turmuş şaroiti oğir, işsiz va kasb-hunarga ega bölmagan, qöllab-quvvatlaşga zarurati bölgan fuqarolarga manzilli kömak berilib, turmuş şaroiti yaxşilanişiga zamin yaratilmoqda.
Har bir şaxs bilan individual va tizimli ravişda muntazam iş olib boriş uçun moddiy yordam va kömakka muhtoj oilalar böyiça “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari” şakllantirilib, uşbu daftarlarda röyxatga olingan fuqarolarga doimiy ğamxörlik körsatilmoqda. Albatta, bu boradagi işlar ovul aholisi turmuşi farovonlaşuviga taʼsirini körsatadi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶