22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:24
Fan va taʼlim 👁 303

Toshyoplik oʻqituvchi Prezident farmoniga koʻra davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Toshyoplik oʻqituvchi Prezident farmoniga koʻra davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Hech eʼtibor berganmisiz, qilgan ezgu ishlari uchun kishini ota-onangga,  ustozingga rahmat, deya alqashadi. Demak, barchamizning bu hayotdagi ezgu amallarimizda ota-onamiz qatori taʼlim-tarbiya bergan ustozlarimizning ham hissasi bor.

Shu boisdan ham kim boʻlmaylik, necha yoshga kirmaylik, ustozlarimizning hurmatini joyiga qoʻyishga intilamiz, yaxshi ishlarimiz bilan ularni quvontirgimiz keladi.

Toshyop ovulida 1968-yilda tugʻilgan Gulbahor Saidova mashaqqatini his qilib tursa-da, oʻqituvchilikdek sharafli kasbni tanladi. U shu maqsadda oʻrta maktabni tugatgach, Toshkent davlat chet tillari pedagogika institutiga oʻqishga kirdi va frantsuz tili va milliy maktablarda rus tili oʻqituvchisi mutaxassisligiga ega boʻldi.

Gulbahor oliygohni tugatgach, oʻzi taʼlim olgan maktabida ovulining hammasi tanish va aziz bolalariga frantsuz tilidan saboq bera boshladi. Shundan beri oradan 32-yil vaqt oʻtdi. Necha saf bolalar maktabga qabul qilinib, hayotga uchirma boʻldi. Muallima ularning turli mutaxassislik, kasb-korli boʻlishida hissasi ulkan ekanligini qalban his qiladi, quvonadi. U oʻz fanini oʻquvchilarga chuqurroq singdirish uchun astoydil intildi, oʻzi ham oʻqib-oʻrganishdan charchamadi. Mashgʻulotlariga oʻquvchilar diqqat-eʼtiborini jalb qilish uchun yangi-yangi dars uslublarini qoʻlladi. Natijada oʻquvchilari turli sinovlarda, fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, ustozi yuzini yorugʻ qildi.

Gulbahor Saidova oʻz kasbiga mehri, dars oʻtishdagi oʻziga xos mahorati, chuqur bilimi tufayli oliy toifali oʻqituvchi, Qoraqalpogʻiston Xalq taʼlimi aʼlochisi boʻldi. 2011-yilda mamlakatimizning bir guruh mahoratli va iqtidorli frantsuz tili oʻqituvchilari qatorida Frantsiyaning Ruaya shahrida bir oylik malaka oshirish kursida oʻqib qaytdi. Bu uning oʻqituvchilik faoliyatida oʻziga xos yorqin davr boʻldi. Frantsuz tilida, shu til vatanida shu tilda juda ravon gapirishi, soʻzlarni erkin talaffuz qila olishi u yerdagi oʻqituvchilarni ham befarq qoldirmadi.

Frantsiyadan Gulbahor Saidova yanada yuksak orzular bilan qaytdi va faoliyatini davom ettirdi. Uning oʻqib, oliy maʼlumotli boʻlib, turli sohalarda ishlayotgan shogirdlari bisyor ayrimlari oʻzi bilan shu maktabda birga ishlaydi.

Kasb mashaqqati-yu oila tashvishlarini baravar yengib, turmush oʻrtogʻi Komiljon Yusupov bilan ahillikda farzandlari ham Kamronbek, Qayumjon, Marjonalarni ham munosib insonlar qilib voyaga yetkazishmoqda. Oila toʻngʻichi oliygoh talabasi. Qayumjon ham oʻqish niyatida, Marjona hali maktab oʻquvchisi.

Yaqinda Gulbahor Saidovaning hayotida unutilmas voqea boʻldi: 1-oktyabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Prezident Farmoniga koʻra II Darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

- Bu eʼtirof menga yanada samarali ishlashga ragʻbat berdi, - deydi quvonib qahramonim.

Chindan-da umr boʻyi ezgu niyatlar bilan mehnat qilsang, mehnatlaring qadrlansa, eʼtirof etilsa, bu – ulkan baxt emasmi?

Fidoyi mehnatlari tufayli ana shunday nurli manzillarga yetgan muallimaga orden qutlugʻ boʻlsin, deymiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026