MAHALLALARDA “BEŞ TAŞABBUS OLIMPIADASI” ĞOLIBLARIGA BERILGAN SERTIFIKATLARGA KÖRA SPORT MAYDONÇALARI QURILIŞI BOŞLANDI
Joriy yilning aprel-iyun oylarida ötkazilgan 5 bosqiçli “Beş taşabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqiçida 6 ta mahalladan 14 nafar yoşlarimiz sportning yengil atletika, stol tennis, şaşka va stritbol 1 va 2-örinlarni egallab estalik sovğalari va mahallasiga sport inşooti quriş uçun sertifikatni olgan edilar. Jumladan, sportning şaşka turniridan Andijon viloyatida ötkazilgan musobaqada tumanimizning Xitoy ovulida yaşovçi Sanobar Şarifboyeva 27-30 yoş toifasida ayol-qizlar örtasida Respublika bosqiçining mutloq çempionlikka erişib, mahallasiga Universal sport inşooti quriş uçun sertifikatga ega bölgan edi. Şuningdek, mazkur musobaqaning 16-21 yoş toifasidagi ayol-qizlar örtasida Bobur ovul fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Umida Ibragimova ham faxrli 2-örinni egallab, öz mahallasi hududiga Stritbol va Workout sport maydonçasi qurib berilişi uçun maxsus sertifikatlarga ega bölişdi.
Sportning stol tennis turidan Nukus şahrida ötkazilgan Respublika bosqiçi, "B" ligasi böyiça öğil bolalar örtasida 27-30 yoş toifasida, tumanimizning Boy ovul mahallasida istiqomat qiluvçi Maʼmur Şaripov faxrli 1-örinni qölga kiritdi hamda öz mahallasi hududiga Universal sport maydonçasi qurib berilişi uçun maxsus sertifikatga ega bölişdi. Surxondaryo viloyatida stritbol sport turining "B" va "C" liga böyiça Özbekiston Respublikasi bosqiçida munosib iştirok etgan, tumanimizning Tölqin ovuli öğil bolalar jamoasi 22-26 yoş toifasida Doston Hayitboyev, Xursand Tilovmuradov, Amin Xolboyev, Mahmud Jölliboyev, Şuxrat Jölliboyevlar faxrli 2-örinni qölga kiritib, öz mahallasi hududiga Stritbol va Workout sport maydonçasi qurib berilişi uçun maxsus sertifikatlarga ega bölişdi.
Bundan taşqari, Toşkent viloyatida yengil atletika sport turining "B" va "C" liga böyiça Özbekiston Respublikasi bosqiçida munosib iştirok etgan, tumanimizning Amir temur ovuli jamoasi öğil bolalari 16-21 yoş toifasida Dilşodbek Sapardurdiyev, Otamurod Yegandurdiyev, Sardor Rahimovlar faxrli 2-örinni qölga kiritib, öz mahallasi hududiga Stritbol va Workout sport maydonçasi qurib berilişi uçun maxsus sertifikatlarni qölga kiritişdi. Navoiy nomli mahalla jamoasi ayol-qizlari 22-26 yoş toifasida Surayyo Rahimova, Muhayyo Rahimova, Umida Bozorboyevalar mutloq çempionlikni qölga kiritib, öz mahallasi hududiga Universal sport maydonçasi qurib berilişi uçun maxsus sertifikatlarga ega bölişdi.
Joriy yilning 4-oktyabr kuni Xitoy ovulida qurilişi boşlangan Universal sport inşootini köriş uçun Özbekiston Respublikasi Sportni rivojlantiriş vazirining örinbosari Abdulla Aslanov tumanimizda böldi va quriliş jarayonini tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov hamda tuman sportni rivojlantiriş bölimi masʼullari hamrohligida közdan keçirdi. Boyovul, Navoiy nomli, Tölqin, Amir Temur nomli, Bobur nomli ovul va mahallalarda sport maydonçalari quriladigan joylarini kördi. Şuningdek, bugungi kunda davom etayotgan “Beş taşabbus olimpiadasi”ning ikkinçi mavsumi doirasida sportning voleybol turidan Bobur nomli mahallasidagi 6-sonli maktab sport zalida ötkazilayotgan sektor bosqiçi musobaqasiga ham taşrif buyurişdi.
Ğ. Qurbonboyev, tuman Sportni rivojlantiriş bölimi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶