12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:06
Siyosat 👁 423

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan barça ustoz va muallimlarga bayram tabrigi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan barça ustoz va muallimlarga bayram tabrigi

Muhtaram ustoz va murabbiylar! Qadrli faxriylar!

Avvalo, Siz, azizlarni, siz orqali taʼlim-tarbiya sohasining barça jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami — Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman!

Uşbu qutluğ ayyomda Siz – aziz ustoz va muallimlarga könglimizda, yuragimizda bölgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni söz bilan ifoda etiş qiyin, albatta. Çunki Siz hayot yöllarimizni yorituvçi, insoniyatga ilm ziyosini tarqatuvçi möʼtabar insonlarsiz. Biz kim bölmaylik, qaysi sohada işlamaylik, Sizning qarşingizda boş egib, taʼzim qilamiz!

Qadrli ustozlar va murabbiylar!

Mamlakatimizda sönggi yillarda ilm-fan va taʼlim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylantirişga qaratilgan, oilada farzand tuğilganidan boşlab, kamolot yoşiga yetgunga qadar uni har tomonlama qöllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib örin topişiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratildi.

Hurmatli Prezidentimiz bu jarayonda inson kapitaliga eʼtiborni yanada kuçaytiriş, buning uçun barça imkoniyatlarni safarbar etiş borasida muhim dastur va loyihalarni amalga oşirmoqda.

Bu kabi islohotlar Amudaryo tumanida ham öz aksini topib, ijobiy samaralarini bermoqda.

Masalan, bundan 5-yil oldin tumanda 37 ta boğça faoliyat yuritib, bolalarni maktabgaça taʼlim bilan qamrab oliş körsatkiçi 25,7 foizni taşkil etgan bölsa, hozirgi kunda bunday muassasalar soni 123 taga, tizimdagi qamrov darajasi salkam 71 foizga yetdi.

Tumanimizdagi mavjud 85 ta umumiy örta taʼlim maktablarida 38 ming 496 nafar öquvçilar sifatli taʼlim-tarbiya olişmoqda. Öquvçilarga yanada qulay şaroitlar yaratiş maqsadida birgina joriy yilda 55-sonli maktabga 330-örinli, 76-sonli maktabga 360-örinli, 14-, 18-, 36- va 69-sonli maktablarning har biriga 180-örinli qöşimça binolar qurilmoqda.

Taʼlim sohasiga berilayotgan eʼtiborning samarasi sifatida yakunlangan öquv yilida 11-sinfni bitirgan 2582 nafar öquvçidan 2394 nafari oliy taʼlim muassasalariga hujjat topşirib, 571 nafari talaba böldi.

Mamlakatimizda Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslaşgan maktablar faoliyati yölga qöyilgani taʼlim sohasida muhim yangilik böldi. Tumanimizda ham joriy yilda Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tumani ixtisoslaştirilgan maktabi dastlabki öquvçilarini öz bağriga qabul qildi.

Amudaryo muhandislik texnikumi, Manğit şahri va Qipçoq şaharçasidagi kasb-hunar maktablari ham samarali faoliyat yuritib, malakali öqituvçilar va işlab çiqariş taʼlimi ustalari zamon talablariga mos kadrlar yetiştirib çiqariş maqsadida yoşlarimizga kasb-hunar sirlarini puxta örgatmoqdalar.

Öquvçilarni maktabdan taşqari tögaraklarga jalb qiliş, ularning qobiliyat va isteʼdodlarini röyobga çiqariş borasida tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi ham samarali faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda uşbu maktabning 68 ta tögaraklaridagi 139 ta guruhlarga 1668 nafar öquvçi-yoşlar qamrab olingan.

Tajribali sport murabbiylari, malakali trenerlardan sport sirlarini örganib, tögaraklarga qatnayotgan ösmirlar va yoşlarimiz esa bugun ulkan natijalarni qölga kiritib, tumanimiz şarafini yuksaklarga kötarmoqda. Eng muhimi, ular mustahkam irodasi va ğayrat-şijoati bilan yoşlarimiz orasida soğlom turmuş tarzi tarğibotiga munosib hissa qöşmoqdalar.

Yurtimizda ustoz va murabbiylarga körsatilayotgan hurmat va eʼtibor bugun har qaçongidan ham yuksakdir. Öqituvçilik kasbining jamiyatdagi nufuzini oşiriş, ularga qulay mehnat şaroitlarini yaratiş, iş haqlarini oşiriş, har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Yaqindagina imzolangan Prezidentimizning Farmoniga köra bayram arafasida taʼlim-tarbiya tizimida alohida örnak körsatgan xodimlardan bir guruhi davlat mukofotlari bilan taqdirlangani ham ustoz va murabbiylarimiz fidoyi mehnatlarining eʼtirofidir. Farmonga muvofiq tumanimizdagi 5-sonli umumiy örta taʼlim maktabining frantsuz tili fani öqituvçisi Gulbahor Saidova II darajali “Soğlom avlod uçun” ordeni bilan mukofotlangani esa amudaryolik ustoz va murabbiylarning mehnatlariga berilgan yuksak bahodir.

Fursatdan foydalanib, bayram arafasida Özbekiston hamda Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat mukofotlari, Xalq taʼlimi vazirligining faxriy nişonlari bilan mukofotlangan fidoyi öqituvçilarni muborakbod etamiz.

Qadrli ustozlar!

Bizning asosiy maqsadimiz – dunyodagi taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga kiriş, xalqimiz uçun erkin va farovon hayot qurişdan iborat ekan, bu vazifani şaraf bilan uddalaydigan bilimli va isteʼdodli, heç kimdan kam bölmagan navqiron avlodni tarbiyalaşda fidoyi öqituvçi va murabbiylarning örni alohida.

Şunday ekan, yoş avlodga ilm va fan, kasb hamda hunar sirlarini örgatayotgan, taʼlim va tarbiya berayotgan Siz aziz va qadrli ustozlarni, mehridaryo öqituvçilarni, tarbiyaçilarni, işlab çiqariş taʼlimi ustalari, ardoqli murabbiylar hamda sohada uzoq yillar mehnat qiligan faxriylarimizni yana bir bora kasb bayramingiz – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan tabriklayman!

Barçangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, şarafli va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Hamişa soğ-omon böling, muhtaram ustozlar!

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026