MEHNATLARIMIZ ÖQUVÇILAR YuTUQLARIDA AKS ETAYaPTI
Mamlakatimizda öqituvçi kasbining maqomi va obrösini kötariş, ularni moddiy-maʼnaviy qöllab-quvvatlaş, samarali faoliyat yuritişlari uçun munosib şaroitlar yaratişga qaratilayotgan eʼtibor özining ijobiy natijalarini berayotgani quvonarlidir.
Buni bizning Bosuv mahal-lasida joylaşgan 26-sonli maktabimiz misolida ham körişimiz mumkin.
Joriy yilda taşkil etilganiga 95-yil tölgan muassasada hozirgi kunda 43 nafar mahoratli pedagoglar faoliyat yuritişadi. Ular-ning 5 nafari oliy, 11 nafari birinçi, 19 nafari esa ikkinçi toifali öqi-tuvçilardir. Ikki nafar rus tili öqituvçilari esa maxsus test sinovlaridan ötib, S1 sertifikatiga teng-laştirilgan TPKI-III ser-tifikatiga ega bölişdi.
Qaysiki taʼlim muassa-sasida taʼlim-tarbiya yax-şi yölga qöyilgan bölsa, şu yerda muvaffaqiyatlar bö-ladi.
Mazkur maktabni 2020-2021 öquv yilida 42 nafar öquvçilar bitirişgan bölsa, şularning 18 nafa-ri oliygohlar talabalari bölgan edilar. Bir öquvçi-miz esa Nukus şahridagi Prezident maktabiga öqiş-ga kirgan edi.
Joriy yilda uşbu mak-tabning 42 nafar biti-ruvçilaridan 22 nafari turli oliy taʼlim muassa-salariga öqişga kirdilar. Şuningdek, 10-sinf öquv-çisi N.Saʼdullayeva respub-lika maktablari öquvçi-lari örtasida ötkazilgan “Mening Prezidentim” kö-rik-tanlovida tumanda 1-, Qoraqalpoğistonda 4-örin-ni egalladi va taşkilot-çilarning faxriy yorliği, sovğalari bilan taqdir-landi. “Mening huquq va majburiyatlarim” körik-tanlovida maktab öquvçi-lar jamoasi tumanda 1-, Qoraqalpoğistonda esa faxrli 3-örinni oldilar.
Maktabda öquvçilarning asosiy fan olimpiadala-riga puxta tayyorgarliklar körişi uçun fan öqituvçi-lari ular bilan darsdan taşqari ham şuğullanişib, yuksak natijalarni qölga ki-ritişiga muvaffaq böliş-moqda. Xususan, S.Töraboyeva ingliz tili fanidan 2021-2022 öquv yilida tumanda 1-, J.Rajabboyev fizika fanidan 2-, J.Saʼdullayev kimyo fanidan 1-, F.Maşari-pov kimyo fanidan 3-, X.Sai-dov biologiya fanidan 2-örinlarni egallaşdi. Şuningdek, turli sport musobaqalarida ham öquvçi-larimiz faol iştirok eti-şib, öz iqtidori, salohiya-tini namoyiş etişayapti.
Buningdek natijalar, albatta, maktab öqituvçi-larining hamjihatlikda qilgan fidoyi mehnatlari samarasidir. Fursatdan foydalanib, men ularni, tumanimizning barça us-toz-murabbiylarini kasb bayrami bilan muborakbod etaman.
Yolğoş Şomurodov, 26-sonli maktab direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶