YoŞ ÇEVARLARNING SEVIMLI USTOZI
Kasb va hunarli, ilmli insonning hayoti çiroyli, turmuşi farovon, yaşaşi mazmunli böladi. Unga ega bölgan kişi nafaqat öziga, balki jamiyatga ham naf keltiradi. Şuning uçun farzandlarga yoşlikdan ilm, hunar, kasb örgatiladi.
Tumandagi “Barkamol av-lod” bolalar maktabidagi “Hunarmandçilik va qöl meh-nati” yönalişidagi “Bi-çiş-tikiş” tögaragi rahba-ri Muborak Matmurodova ham öquvçi-qizlarga hunar örgatib, yoşlarning hunarli insonlar bölib voyaga yetiş-lariga öz hissasini qöş-moqda. Ustozdan biçiş va tikiş usullarini örganayot-gan qizlar bu hunarning mo-hir egalari bölib yetişiş-moqda.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida “Madaniyat va sanʼat”, “Texnika, konstruk-torlik va modellaştiriş”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandçilik va qöl meh-nati”, “Turizm va ekologiya” hamda “Oliy taʼlim muas-sasalari va maktabga tayyorlov” yönalişlari böyiça 68 ta tögarakda 139 ta guruh mavjud bölib, ularga 1668 nafar öquvçi-yoşlar qamrab olingan. Ularga tögaraklarda öz kasbining ustalari bölgan tajribali öqituvçilar, hu-nar egalari maşğulotlar ötkazişadi. Şu bilan bir-ga öquvçilarning tuman va Respublika miqyosida ötkaziladigan turli tan-lovlarda qatnaşib, öz iq-tidorlarini namoyon etiş-lariga imkoniyat yaratişadi.
M.Matmurodova “Hunar-mandçilik va qöl mehnati” yönalişidagi “Biçiş-ti-kiş” tögaragida mazkur öquv yilida 48 nafar öquvçi-qizlar bilan şuğullanib kelmoqda. Bu yerda yoş çe-varlar turli xil andoza-lar, ölçamlar oliş, tikuv maşinalarda va qölda ti-kişni, turli xil öyinçoq-larni yasaşni örganadilar.
Öz hunarini deyarli 20-yil-dan buyon yoşlarga örgatib kelayotgan M.Matmurodova yoşligidan tikiş-biçişga juda qiziqib, mustaqil ör-gana boşlagan. Maktabni tugatganidan söng, Toşkent şahridagi “ADO” öquv mar-kazida 4-yil davomida tajribali va malakali us-tozlardan hunar sirlari-ni puxta örganişga erişdi. Turli xil çoklar, mato va ip tanlaş, ölçamni töğri olişdan tortib, bolalar kiyimlari, erkak va ayollar kostyumlari, oqşom libos-larini tikişni uddalab, çevar tikuvçi bölib yetiş-di. U 1986-90-yillarda 40-sonli maktabda tögarak rahbari, 1994-2000-yillarda 40-sonli MTTda yordamçi-tarbiyaçi, şundan söng, 2015-yilga qadar uy mehnati kö-rinişida tögarak taşkil qilib, har yili 15 nafardan ziyod qizlarga tikuvçilik sirlarini örgatib keldi. Öz işining ustasi bölgan çevar qizlarga tikuvçilik tsexlari taşkil qilib, fao-liyat boşlaşlarida yöl-yö-riq körsatdi. Şu qatorda mijozlarga ham xizmat kör-satib, didlariga mos kela-digan çiroyli liboslar ti-kişni töxtatmadi.
“Barkamol avlod” bolalar maktabida 2015-yildan iş boşlagan M.Matmurodova yoş çevarlarning sevimli ustoziga aylandi. Şu yil yozgi taʼtil davrida “Hunar-mandçilik va qöl mehnati” yönalişidagi tögaraklar tomonidan taşkil etilgan körgazmada uning yoş şo-girdlari tayyorlagan be-jirim liboslar, turli öyinçoqlar hammaning eʼ-tiborini tortdi.
Hayotda biror hunarga ega bölgan kişi heç qaçon işsiz yoki daromadsiz qol-maydi. M.Matmurodova kabi mohir ustozlardan hunar örgangan yoşlar ertaga şu hu-nari ortidan daromad to-pib, ham öz oilalariga, ham jamiyatga naf keltiradi.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶