Harbiylikdan muallimlikka: bölajak Vatan himoyaçilarining ustozi
Vatan himoyaçisi böliş — şarafli burç. Yoş avlodni şu ruhda tarbiyalaş esa ikki karra masʼuliyat talab etadi. Bugungi kunda Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabida faoliyat yuritayotgan zaxiradagi ofitser Davronbek Davletmurotov ana şunday yuksak masʼuliyatni öz zimmasiga olgan fidoyi ustozlardan biridir. U harbiy xizmatda orttirgan boy tajribasini taʼlim sohasiga tatbiq etib, yoşlarda vatanparvarlik, intizom va jasorat fazilatlarini şakllantirib kelmoqda.
Davronbek Davletmurotovning hayot yöli harbiy intizom va vatanga sadoqat muhitida keçgan. U 2004-yilda Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtini muvaffaqiyatli tamomlab, “Motoöqçi qöşinlar taktik qömondonligi” mutaxassisligini egallagan. Şundan söng Özbekiston Qurolli Kuçlari saflarida turli masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qildi.
Jumladan, 2004–2007-yillarda harbiy qismlardan birida maʼlumotlarni qayta işlaş yönalişi boşliği, 2006–2007-yillarda 530-safarbarlik çaqiruv rezervi batalonida vzvod komandiri sifatida faoliyat yuritdi. 2007–2021-yillar davomida esa bir qator harbiy qismlarda kadrlar va saf bölinmasi boşliği lavozimlarida xizmat qilib, şaxsiy tarkib bilan işlaş, harbiy intizomni mustahkamlaş borasida katta tajriba orttirdi.
2021-yildan boşlab Davronbek Davletmurotov öz faoliyatini taʼlim sohasiga bağişladi. Avvaliga Amudaryo tumanidagi 51-sonli maktabda iş boşlagan mutaxassis 2023-yildan buyon Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabida faoliyat yuritmoqda. 2023–2025-yillarda u maktabda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlaş böyiça direktor örinbosari — Harbiy çaqiriqqaça tayyorgarlik rahbari sifatida samarali mehnat qildi. 2025-yildan esa çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
Ustozning talabçanligi va masʼuliyatli yondaşuvi qisqa vaqt içida öz samarasini berdi. Uning şogirdi, 2023-yilda 9-sinfda öqigan Şerali Qurbonboyev Farğona şahridagi “Temurbeklar maktabi”ga öqişga kirib, 2025-yilda mazkur taʼlim muassasasini muvaffaqiyatli tamomladi. Ayni paytda u Özbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Çegara qöşinlari fakultetining 1-bosqiçida tahsil olmoqda. Bu — ustoz va şogirdning birgalikdagi mehnati samarasidir.
Şuningdek, 2025-yilda maktabning 10-sinf öquvçilaridan taşkil topgan jamoa Prezident maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar örtasida ötkazilgan “Turon yölbarslari” harbiy-sport musobaqasida faxrli 3-örinni qölga kiritdi.
Davronbek Davletmurotov nafaqat namunali ofitser va ustoz, balki mehribon ota hamdir. U turmuş örtoği Zulxumor Artiqboyeva bilan birgalikda tört nafar farzandni vatanga sadoqatli, komil insonlar etib tarbiyalamoqda.
Ixtisoslaştirilgan maktablarda çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik rahbari hamda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tayyorlaş böyiça masʼul şaxs sifatida u öquvçilarda Vatanga muhabbat va fuqarolik burçini anglaş tuyğularini şakllantiriş, harbiy-sport musobaqalariga tayyorlaş, harbiy kasbga yönaltiriş, tuman Mudofaa işlari bölimi va harbiy qismlar bilan hamkorlikda qator tadbirlarni taşkil etiş işlarini amalga oşirmoqda.
Davronbek Davletmurotovning faoliyati yana bir bor şuni tasdiqlaydiki, haqiqiy vatanparvarlik — bu şunçaki şior emas, balki tinimsiz mehnat, yuksak intizom va yoşlar qalbiga ezgu ğoyalarni singdirişdir. Ana şu vazifani şaraf bilan ötayotgan lavhamiz qahramoni va yurtimizdagi barça harbiylarni 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni va Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari taşkil qilinganining 34 yilligi bilan çin qalbimizdan tabriklab, ularning işlariga omad va zafarlar, oilalariga esa tinçlik-xotirjamlik tilab qolamiz!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶