ÖQUVÇILAR MUVAFFAQIYaTI – USTOZLAR MEHNATI SAMARASI
Qaysi oilada farzandga eʼtibor kuçli bölsa, maktab bilan yaxşi munosabat örnatilsa, bolaning taʼlim-tarbiyasi ham-korlikda olib borilsa, natija albatta, quvonarli böladi. Joriy yilda tumanimizda iş boşlagan Prezident taʼlim muassasalari tizimidagi ixtisoslaştirilgan maktabga eng yuqori - 92,5 ball bilan qabul qilingan Otabek va uning ukasi Oğabek Yangiboyevlar xususida ham şunday xulosaga kelişimiz mumkin.
Otabek Yangiboyev Bosuv mahal-lasida faoliyat yuritayotgan 26-sonli maktab öquvçisi edi. Maktabda boşlanğiç sinf öqituv-çisi Gulora Tilovboyeva, ingliz tili fani öqituvçisi Muhabbat Bobojonova, onasi, şu maktab boşlanğiç sinf öqituvçisi Fe-ruza Matqurbonovalar Otabek-dagi til örganişga bölgan qizi-qişni qöllab-quvvatlaşdi. Barça fanlardan aʼlo baholarga öqisa-da, aniq fanlarni, xorijiy fanlarni örganişga iştiyoqi kuçli edi uning. Buni inobatga olib, M.Bobojonova Otabek bilan darsdan taşqari ham şuğullandi. Ota-onasi unga xo-rijiy tillarni örgatuvçi nodav-lat taʼlim muassasalarida ham öqişiga yetarli şaroit yaratib be-rişdi. Natijada hozirgi kunda u rus, ingliz tillarida bemalol mu-loqot qilib, öz fikrlarini bayon eta oladi.
Otabek Raşid Xidirov va Feruza Matqurbonovalar oilasining tönğiç farzandi. Ota-ona masla-hatlaşib, öğillari – 26-maktab-ning 9-sinfini tugatgan Otabekni, 8-sinfini tugatgan Oğabekni joriy yilda tumanimizda faoliyat boşlagan ixtisoslaştirilgan maktabda öqitiş maqsadida huj-jatlarini topşirişdi. Sinovlar-dan muvaffaqiyatli ötgan aka-uka ayni kunda uşbu muassasada taʼlim olişmoqda.
– Maktabni tugatgaç, axborot-texnologiyalari sohasi mutaxassisi bölmoqçiman. Orzuimga yetişiş uçun maşğulotlarni çuqur egallaş-ga intilayapman, – deydi Otabek işonç bilan.
U özining, ukasining barça yutuq-larini ustozlari mehnati samarasi, deb hisoblaydi.
Biz ular singari ilmli, mulo-hazali, kelajagi uçun ulkan rejalar belgilab, qatʼiy inti-ladigan yoşlarni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan 26-sonli maktab öqituvçilar jamoasini 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan qizğin qutlaymiz.
Uluğbek Abdurahmonov,
tuman Xalq taʼlimi bölimi xodimi.
Suratda: aka-uka Otabek va
Oğabek Yangiboyevlar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶