16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 02:07
Jamiyat 👁 235

SUD MASʼULLARI TOMONIDAN HUQUQIY YoRDAMGA MUHTOJ AYoL-QIZLAR UChUN SAYYoR QABUL TAShKIL ETILDI

SUD MASʼULLARI TOMONIDAN HUQUQIY YoRDAMGA MUHTOJ AYoL-QIZLAR UChUN SAYYoR QABUL TAShKIL ETILDI

Mamlakatimizda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish va maslahatlar berish, huquqiy madaniyatini oshirish borasida sud-huquq sohasi masʼullariga qator vazifalar yuklatilgan. Shunga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham “Ayollar daftariga” kiritilgan huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlarga koʻmak berish yuzasidan moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi belgilangan boʻlib, undagi vazifalar ijrosi boʻyicha Respublika sudi raisi tomonidan hududlarda mahallabay sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Shu yil 27-sentyabr kuni Amudaryo tumanidagi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab quvvatlash boʻlimi maʼmuriy binosida “Ayollar daftari”ga kiritilgan yordamga muhtoj xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida sud masʼullari tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi. Unda Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Oʻrazboyev, Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamuradov, Beruniy tumanlararo Iqtisodiy ishlari boʻyicha sudi sudyalari Bayram Bekmuradov va Quvanish Xojamuradov hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari Goʻzal Sobirova, shahar atrofi mahalla fuqarolar yigʻini raislari ishtirok etdilar. Shuningdek, shahar va shahar atrofidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va shu xududlarning faol ayollari ham qatnashishdi.

Sud masʼullar dastlab yurtimizda aholiga olib borilayotgan islohotlar mazmunini tushuntirish, amaldagi qonunchilikni keng jamoatchilik oʻrtasida targʻib qilish, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, huquqiy maslahatlar berish orqali mavjud muammolarni hal etish yuzasidan sudyalar tomonidan ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani toʻgʻrisida soʻz yuritdilar. Shuningdek, bu kabi uchrashuv va muloqotlar jarayonida koʻplab chigal masalalar oʻz yechimini topayotgani, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bunday uchrashuvlar sayyor tartibda, ovul va mahallalarda tashkil etilayotgani, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga samarali va huquqiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida sudyalar tomonidan doimiy ravishda shaxsiy qabullar oʻtkazib kelinayotganini taʼkidlab oʻtdilar.

Taʼkidlash joizki, Amudaryo tumanidagi 49 ta mahalla va ovul fuqarolar yigʻinida 204 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Shundan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar 3810 nafarni tashkil qiladi. Shu kungi sud masʼullari tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabulda 20 nafar xotin-qizlarning murojaatlari qabul qilinib, huquqiy yordam koʻrsatildi. Ushbu murojaatlardan 1 tasi ishga joylashish, 9 tasi oilaviy munosabatlar, yaʼni aliment, nikohni bekor qilish kabilar boʻyicha, 4 tasi moddiy yordam va subsidiya, 4 tasi uy-joy boʻyicha va boshqa masalalar yuzasidan boʻldi.

Qabul davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlar oʻzlarini qiynab kelayotgan, yechimini topa olmayotgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahat soʻrab, murojaat qildilar. Xotin-qizlarning uy-joy, oila, nikoh, meros, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, mulk huquqini belgilash bilan bogʻliq savollariga sudyalar tomonidan malakali huquqiy tushuntirishlar berildi.

Jasurbek Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019