KORRUPTsIYa VA PORAXÖRLIK – TARAQQIYoT KUŞANDASI
Insoniyatning azaliy muammolaridan biri bu – korruptsiyadir. U iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarga salbiy taʼsir etib, iqtisodiy sohada mamlakatning nazorat qiliş funktsiyasining susayişi, raqobat mexanizmlari işlamasligi, mulk huquqining poymol qilinişi, tovar va xizmatlar baholarining oşişiga olib keladi. Xalqning sotsial tabaqalanişiga, qonun ustuvorligi printsipining obrösizlanişi, siyosiy sohada esa fuqarolarning davlatga işonçi yöqolişiga sabab böladi.
Özbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oşişiga zamin yaratuvçi va korruptsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini özida aks ettirgan Qonunçilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda maʼqullangan va Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni imzolangan Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida” Qonuni amalga kiritildi. Mazkur qonun 34 moddadan iborat bölib, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat.
Şuningdek, 2017-yil 2-fevral kuni Prezidentning ““Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori ham qabul qilingan. Şunga muvofiq «Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni qoidalarining samarali ijrosini taʼminlaş, jamiyat va davlat hayotining barça sohalarida korruptsiyaning oldini olişga doir çora-tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş maqsadida korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça davlat dasturi va korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi tuzilgan.
Korruptsiya va poraxörlik – taraqqiyot kuşandasidir. Şu sababli, korruptsiya kelib çiqişiga yöl qöymaslik, qonunlarni öz vaqtida ijro etiş taʼminlaş, korruptsiyaning keltirib çiqaruvçi holatlarning oldin oliş çoralarini köriş har bir davlat organi lavozimli şaxslarining va fuqarolarning vazifasi bölişi kerak.
Q.Atamuradov, Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶