Oliy Majlis Senatining 32-yalpi majlisida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tuşuntirişga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi
Jamiyat taraqqiyoti, mamlakat rivoji qonun ustuvorligi bilan kafolatlanadi. Har qanday şaroitda, har qanday vaziyatda inson huquq va manfaatlarini taʼminlaş, iqtisodiy barqarorlikni saqlab qoliş, ijtimoiy himoyani kuçaytiriş, yoş avlod tarʼlim-tarbiyasiga yanada jiddiy eʼtibor qaratiş muhim vazifalardan sanaladi.
Oliy Majlis Senatining joriy yil 13-sentyabr kuni bölib ötgan öttiz ikkinçi yalpi majlisida uşbu yönalişlarning huquqiy asosini takomillaştirişga oid bir qator masalalar senatorlar tomonidan atrofliça körib çiqilib, qizğin muhokama etilgan edi. Yalpi majlisda senatorlar tomonidan 13 ta masala, şu jumladan 5 ta qonun muhokama etildi.
22-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida Senatning yalpi majlisida körib çiqilgan masalalar, muhokama qilingan qonun loyihalarining mazmun-mohiyatini tuşuntiriş va jamoatçilik nazoratini yölga qöyiş böyiça yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Orolböyi mintaqasini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi örinbosari, senator Batir Matmuratov, tuman hokimi örinbosari Gözal Saburova, tumandan saylangan Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, sektor rahbarlari, fuqarolar yiğinlari raislari hamda tegişli korxona va taşkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi.
Yiğilişni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi va olib bordi.
Dastlab senator Batir Matmuratov 15-16-sentyabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan Şanhay hamkorlik taşkilotining navbatdagi sammiti haqida öz fikrlarini bildirib ötdi. Sammit davomida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bildirilgan takliflar, davlat rahbaralari bilan olib borilgan muzokaralar hamda muhim strategik ahamiyatga ega şartnomalarning imzolanişi mamlakatimiz taraqqiyotida nihoyatda muhim örin tutişi taʼkidlandi.
Şundan söng senator yalpi majlis davomida körib çiqilgan qonun hujjatlari yuzasidan maʼruza qildi.
Yiğilişda “Elektron tijorat töğrisida”gi va “Elektron raqamli imzo töğrisida”gi Qonun loyihalarining mazmun-mohiyati yuzasidan tuman Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi Bobur Qadamovning maʼruzasi tinglandi.
Qayd etilganidek, mamlakatimizda sönggi 5-yilda elektron tijorat sohasida yalpi işlab çiqariş hajmi 48 barobarga oşib, 1,1 trln. sömni taşkil qilmoqda. Lekin, “Elektron tijorat töğrisida”gi 2015-yilda qabul qilingan amaldagi Qonun işlab çiqilgan davrda bu imkoniyatlar yetarli darajada rivojlanmagan edi.
Yangi tahrirdagi “Elektron tijorat töğrisida”gi Qonun “Raqamli Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar asosida işlab çiqilgan bölib, unda elektron şartnomalarni tuzişning aniq tartibi belgilanmoqda.
Jumladan, elektron hujjatlarning yuridik kuçi, ofertaga qöyiladigan talablar, elektron hujjatlarni saqlaş xususiyatlari, elektron bitimni amalga oşiriş tartibi hamda elektron şartnomalarni tuziş şartlari huquqiy jihatdan mustahkamlab qöyilmoqda. Qonun loyihasi senatorlar tomonidan maʼqullangan.
Şuningdek, yiğilişda “Elektron raqamli imzo töğrisida”gi Qonun loyihasi böyiça ham keng tarzda tuşintirişlar berildi.
Aytiş kerakki, yil sayin internet tarmoqlari orqali masofadan, yaʼni onlayn xizmatlar körsatiş rivojlanyapti. Ayniqsa, jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan elektron hujjat aylanişi ortib borayotgani tufayli elektron raqamli imzodan foydalaniş ommalaşdi. “Elektron raqamli imzo töğrisida”gi Qonun 2003-yilda qabul qilingan bölsa ham, tobora rivojlanib borayotgan axborot asrida mazkur qonunga qator özgartirişlar kiritiş kerakligini taqazo qildi va qonun yangi tahrirda işlab çiqildi. Mazkur Qonun loyihasi ham senatorlar tomonidan maqullangan.
Yiğilişda “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Qonun loyihasining mazmun-mohiyati haqida tuman Içki işlar bölimi boşliği Jamaladdin Yusupov keng turda tuşuntiriş berib ötdi.
Sir emaski, oxirgi paytlarda elektron tölov vositalari yoki masofaviy xizmat körsatiş tizimlaridan foydalanib, özgalar mulkini talon-toroj qiliş, firibgarlik, öğrilik jinoyatlari köp sodir etilmoqda. Şu boisdan uşbu Qonun bilan bunday turdagi jinoyatlar uçun jazo oğirlaştirilmoqda.
Endilikda axborot tizimlariga noqonuniy kirib va ulardan foydalanib sodir etilgan firibgarlik jinoyati uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigaça jarima tölanadi. Hozir bu miqdor 100 dan 300 baravarigaça edi. Yoki amaldagi normaga köra uşbu jinoyat uçun 3-yildan 5-yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan bölsa, endilikda bu muddat 5-yildan 8-yilgaça etib qatʼiy belgilanmoqda.
Yiğilişda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartişlar kiritiş haqida”gi Qonun loyihasi bilan Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasi tuman bölimi boşliği Qadam Ismailov taniştirdi.
Qonun bilan 2023-yilning 1-yanvaridan pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobariga oşiriş nazarda tutilyapti.
Qonunçilikka kiritilayotgan özgartişga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boşlab fuqarolarga pensiyani hisob-kitob qiliş uçun inobatga olinadigan örtaça oylik iş haqi pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 12 baravaridan ortiq bölmagan, yaʼni 3 888 000 söm miqdoridagi örtaça oylik iş haqidan hisobga olinişi belgilanmoqda. Natijada 352 ming nafar fuqaroning pensiya miqdori qayta hisob-kitob qilinib, örtaça oylik pensiya miqdori 400 ming sömgaça oşadi.
Yiğiliş davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilib, tegişliça javoblar oldi.
Yiğiliş yakunida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati Sanobar Xöjamuratova kun tartibida körib çiqilgan masalalar yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirdi hamda barça deputatlarni qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va jamiyatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklarni keng aholi qatlamiga yetkazişda yanada faol bölişga çaqirdi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶