Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 52-sessiyasi ikkinçi iş kuni töğrisida axborot
20-sentyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 52-sessiyasi öz işini davom ettirdi.
Sessiya işida tuman Kengaşi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, bölimlar, jamoat taşkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengaşi raisi Sultonboy Yöldaşev oçdi va olib bordi.
Sessiya işida Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilangan Prezident Farmonlari, Qarorlari va dasturlarining ijrosi hamda yil yakuniga qadar amalga oşirilişi belgilangan vazifalar yuzasidan uçinçi va törtinçi sektorlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
3-sektor rahbari – tuman Içki işlar bölimi boşliği Jamaladdin Yusupov 2022-yilning 8 oyi dvomida 3-sektor hududida amalga oşirilgan işlar haqida hisobot berdi.
Hisobotda keltirilişiça, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş, tibbiy xizmat körsatiş sifatini yaxşilaş hamda tadbirkorlikni rivojlantiriş böyiça salmoqli işlar amalga oşirilgan.
Xususan, sektor hududiga qaraşli Boyovul, Tor-yop, Qizilçoli, Özbekiston, Kuyuk-köpir mahallalaridan ötuvçi davlat ahamiyatidagi va içki yöllarda taʼmirlaş işlari olib borilgan. Şuningdek, 814 nafar ehtiyojmand oilalarning 753 nafari “Temir daftar”dan, 532 nafar yoşlarning 329 nafari “Yoşlar daftari”dan çiqarilgan.
Sessiya işida 4-sektor rahbari − tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seyitovning ham hisoboti tinglandi.
Qayd etilganidek, 2022-yilning ötgan davri mobaynida sektor hududida istiqomat qiluvçi vaqtinça işsiz bölgan ayollar va yoşlarning 137 nafari doimiy işga joylaştirilgan. 65 nafar fuqaroga 171 mln. sömlik subsidiyalar ajratilgan.
Undan taşqari, xududdagi xokim yordamçilarining kömagi bilan mahalladagi 462 nafar fuqarolarga oilaviy tadbirkorlikni yölga qöyişlari uçun 7 mlrd 713 mln sömlik kreditlar ajratildi hamda 420 nafar işsiz fuqarolarning özini özi band qiliş orqali bandligi taʼminlandi.
Sektor hududida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça ham tizimli işlar amalga oşirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 49 nafar fuqaro reablitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravaçalari bilan taʼminlandi.
Sessiya kun tartibida Amudaryo tumanida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça amalga oşirilgan işlar xususida Amudaryo tumani Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş markazi boşliği Jasur Davletovning hisoboti tinglandi.
Taʼkidlanganidek, mahallalar va sektor aʼzolari bilan birgalikda hududlarda olib borilgan örganişlar natijasida joriy yilda jami 2 697 ta oilalar kambağal oilalar ekanligi aniqlandi. Ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş maqsadida uşbu oilalar “Temir daftar”ga kiritildi.
Mazkur oilalarga hukumat Farmonlari va qarorlariga asosan jami 5,7 mlrd. sömlik moliyaviy kömak berildi. Şuningdek, 4 328 nafar mehnatga yaroqli işsiz fuqarolarning bandligi taʼminlandi. Hisobotda “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarga körsatilgan ijtimoiy va moddiy yordam turlari haqida batafsil maʼlumotlar berib ötildi.
Körsatilgan amaliy yordamlar natijasida doimiy daromad manbaiga ega bölgan 140 ta oilani “Temir daftar”dan çiqariş taklif qilindi.
Sessiya işida Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş böyiça kelib tuşayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamçilari faoliyatining natijadorligini örganiş töğrisida tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabovning hisoboti tinglandi.
Qayd etilganidek, Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2022-yilning 7 oyi davomida jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan 1 236 ta murojaatlar kelib tuşgan. Şundan 1 228 ta murojaatlar körib çiqilib, 8 ta murojaatlar örganiş jarayonida.
Şuningdek, hokim yordamçilari kömagi bilan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturlari doirasida bugungi kunda 2 ming 242 nafar fuqarolarga 45,9 mlrd. sömlik kreditlar ajratilgan. Qolaversa, hokim yordamçilari joriy yilning ötgan davri mobaynida 6 ming 951 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlanişiga hissa qöşdilar.
Sessiya işida Böz yop ovuli hududidan umumiy maydoni 7,9 gektar, şundan ekin maydoni 7,7 gektar bölgan uçastkada dexqon xöjaliklari taşkil etiş, Nazarxon ovuli hududidan umumiy maydoni 185,2 gektar, şundan ekin maydoni 74,1 gektar uçastkada ğallaçilikka ixtisoslaşgan elita xöjaligini rivojlantiriş maqsadida oçiq elektron tanlovga çiqariş böyiça tayyorlangan hokim qarori loyihasi körib çiqildi.
Sessiya işida kun tartibidagi va Kengaş vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham körib çiqilib, Xalq deputatlari tuman Kengaşining tegişli qarorlari qabul qilindi.
Şuning bilan sessiya öz işini yakunladi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶