Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni tarğibotiga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi
Maʼlumki, 2022-yil 31-avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpoğiston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni qabul qilingan edi.
Farmonning mazmun-mohiyatini keng jamoatçilik vakillariga yetkaziş hamda tuşintiriş işlarini olib boriş maqsadida tarğibot tadbirlari, yiğilişlar ötkazilib kelinmoqda. Ana şunday yiğilişlardan biri 13-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida bölib ötdi.
Unda tuman hokimning birinçi örinbosari Raşid Salayev, 3-sektor rahbari tuman Içki işlar bölimi boşliği Jamaladdin Yusupov, 4-sektor rahbari tuman Davlat soliq inspektsiyasi boşliği Aydos Seitov, Majburiy ijro byurosi tuman bölimi boşliği Mirtemir Davletmuratov hamda mahalla raislari, hokim yordamçilari iştirok etişdi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston aholisining yaşaş şaroitini yaxşilaş, tadbirkor, fermer, tomorqa yer egalariga yaratilgan qulaylik va yengilliklar, yoşlar uçun ajratilan qöşimça qabul kvotalari haqida aytib ötildi.
Taʼkidlanganidek, Farmonda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişni köpaytiriş, aholi bandligini taʼminlaş va daromadini oşiriş hamda qulay agrobiznes muhitini yaratişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Şu maqsadda fermer xöjaliklari va klasterlar tasarrufidagi paxta va ğalladan qisqartiriladigan, aholi punktiga yaqin va suv taʼminoti yaxşi bölgan hududlardagi yerlar tuman zaxirasiga qaytarib olinadi. Uşbu yerlar dehqon xöjaligini taşkil etgan holda sabzavotçilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoşka yetiştiriş kabi loyihalarni amalga oşiriş uçun fuqarolarga 2 gektargaça bölgan ölçamda oçiq elektron tanlov orqali 30-yilga ijaraga beriladi. Albatta, bunday imkoniyat öz tadbirkorligini qişloq xöjalagi mahsulotlarini yetiştiriş orqali yölga qöyişni istagan fuqarolar uçun muhim ijobiy yangilik böldi.
Yiğilişda sözga çiqqanlar, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş böyiça Farmonda belgilangan ustuvor yönalişlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Yiğilişda yuridik va jismoniy şaxslarning soliqlardan qarzdorliklarini bartaraf qiliş masalasida ham söz yuritildi. Maʼlumki, soliq solinadigan mulkka ega bölgan jismoniy şaxslar mulk soliği tölovçilari hisoblanadi. Köçmas mulk, uy-joylar, kvartiralar, dala hovli, garaj va boşqa imoratlar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilgan yer uçastkalari soliq soliş obʼekti sanaladi.
Jismoniy şaxslarning mulkiga solinadigan soliqni hisoblab çiqariş tartibi davlat soliq xizmati organlari tarafidan köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazuvçi idoraning maʼlumotlari asosida amalga oşiriladi.
Köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkazuvçi idora soliq soliş obʼekti joylaşgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga har yili obʼektning inventarizatsiya hajmi va uning mulk egasini aniqlab, maʼlumotlarni şu obʼekt joylaşgan hududdagi davlat soliq inspektsiyasiga topşiradi.
Ammo soliq tölovlariga befarqlik bilan qarayotgan kimsalar ham oramizda yöq emas. Mavjud qarzdorlikni bartaraf etiş böyiça Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda aniq tadbirlar amalga oşirilyapti. Tölanmay qolayotgan qarzdorlikni fuqarolarning mol-mulkidan undiriş böyiça soliq inspektsiyalari tomonidan ijro varaqalari yuborilmoqda.
Şu örinda yurtdoşlarimizni mol-mulk, yer soliği va boşqa soliqlarni öz vaqtida tölaşga çaqiramiz. Davlatimiz rivoji, farzandlarimiz kelajagi, bugungi obod va farovon turmuşimiz uçun soliq tölovlarini vaqtida amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶