Prezident Farmonining mazmun-mohiyati yoşlar orasida keng tarğib qilinmoqda
Yoşlar – bizning kelajagimiz. Ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, qobiliyatlarini röyobga çiqariş, bandligini taʼminlaş, tadbirkorlik ğoyalarini amalga oşirişga yordam beriş davlatimiz siyosatinig ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.
Şu maʼnoda, yoşlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qiliş va yangi bosqiçga olib çiqiş maqsadida Yoşlar işlari agentligi taşkil etildi. Bugungi kunda agentlikning Amudaryo tuman bölimi samarali tarzda faoliyat olib bormoqda.
Yoşlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş, ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etiş borasida erişilayotgan yutuqlarni “Beş taşabbus olimpiadasi” natijalaridan ham bilib olişimiz mumkin.
Tumanimizdagi 49 ta ovul va mahalla fuqarolar yiğiniga biriktirilgan yoşlar yetakçilari sport musobaqalari, körik-tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil etişda faollik bilan iş olib bormoqdalar.
Xususan, “Yoşlarning buş vaqti — yetakçining iş vaqti” tamoyili asosida maxalla yoşlarning buş vaqtlarini mazmunli ötkazişga qaratilan 1 ming 550 ta tadbirlar ötkazilib, mahallalardagi 45 ming nafardan ortiq yoşlar qamrab olindi.
“Beş taşabbus olimpiadasi”ning birinçi mavsumida Özbekiston Respublikasi bosqiçida 17 nafar yoşlarimiz ğoliblikni qölga kiritişgani barçamizga ğurur va iftixor bağişladi.
Şuningdek, “Yoşlar daftari” ga kiritilgan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi tomonidan köplab samarali işlar amalga oşirilmoqda.
Yil boşidan “Yoşlar daftari”ga 2 ming 325 nafar yoşlar kiritilib, joriy yilning 8 oyi davomida olib borilgan amaliy işlar va körsatilgan yordam natijasida ularning 2 ming 119 nafari “Yoşlar daftari”dan çiqarildi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida qabul qilayotgan Farmon va qarorlar, taʼlim sohasiga qaratayotgan eʼtibor natijasi ölaroq yoşlarga keng imkoniyatlar eşiklari oçilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpoğiston Recpublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ham qoraqalpoğistonlik yoşlar uçun muhim ijobiy yangilik böldi.
Farmonda 2022/2023 öquv yili uçun Qoraqalpoğiston Respublikasida umumiy örta, örta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi öquv yillari uçun esa har yili 1-sentyabrga qadar 6 500 nafar yoşlarning viloyatlardagi davlat oliy taʼlim muassasalariga qöşimça qabul parametrlari asosida öqişga qabul qilinişi belgilab qöyildi.
Farmonda Qoraqalpoğiston Respublikasining iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion jarayonlarning jadallaşuviga erişiş, resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiriş va hududni jadal surʼatlarda rivojlantirişning asosiy yönalişlaridan biri sifatida aynan yoşlar bandligini taʼminlaş masalasi ham belgilangani yoşlarga, ularning bandligini taʼminlaş orqali jamiyatning faol aʼzolari bölişlariga qaratilayotgan eʼtiborning yorqin namunasidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶