Jayxun ilhomlari
Jörajonimey
Bu dunyoda heç kim qolmaskan,
Yiqqan molin yonga olmaskan.
Ketayotib uvvos solmaskan,
Jörajonim, jörajonimey.
Ötajagin kimdir bilmaskan,
Gunoh etib tavba qilmaskan.
Nazariga goho ilmaskan,
Jörajonim, jörajonimey.
Özni ötga, suvga urarkan,
Taqdiringni haryon burarkan.
Bir kun boşin egib turarkan,
Jörajonim, jörajonimey.
Yaşaş uçun kuraşarkaney,
Eh, şunçaki söraşarkaney.
Yiqilişib kuraşarkaney,
Jörajonim, jörajonimey.
Qadrin bilar yöqotişgan söng,
Ayriliqni xöp totişgan söng.
Bir-birini "ux", sotişgan söng,
Jörajonim, jörajonimey.
Duç kelgandan foyda toparkan,
Qoniqmasdan yana çoparkan.
Tuz berganni itdek qoparkan,
Jörajonim, jörajonimey.
Sezdirmasdan tuşirarkan "çuv",
Qilmişlarin bildirmasdan u.
Hatto bermas, çanqaganga suv,
Jörajonim, jörajonimey.
Bu dunyoda armonli köpkan,
Ojizlikda qurigan çöpkan.
Tepişsalar misoli töpkan,
Jörajonim, jörajonimey.
Bolalikda qaysar bölganmiz,
Lek şodlikka rosa tölganmiz.
Keksaygan söng tözib, sölganmiz,
Jörajonim, jörajonimey.
Nasihatni yoqtirmaganmiz,
Belga belboğ taqtirmaganmiz.
Bilsak özni taqdirlaganmiz,
Jörajonim, jörajonimey.
Odamzodga şu xislat yorkan,
Qariganda yoşlikka zorkan.
Söng ökinmoq taqdirda borkan,
Jörajonim, jörajonimey.
Saʼdulla Xöjaniyozov.
Onamga öxşar
(Özbekiston xalq öqituvçisi Hayitgul Yöldoşevaga)
Doim oçiq gözal çehrasi,
Nazokatli, dilbar özlari.
Mehr bilan bağriga bosar,
Göyo aziz onam hidlari.
Bisotida borin ayamas,
Yarim könglim östirar toğdek.
Sözlaridan bölaman sarmast,
Tunlarim ham nurga töladi.
Uni körsam yayrab ketaman,
Ğamlarim ham unut böladi.
Quvonçlarim izhor etaman.
Baxtim körib, köngli töladi.
Onamdayin bağirlari keng,
Meni körar farzandiga teng.
Begonani joniday suygan,
Şu ayolga taşakkurlar deng.
Faqat menmas, eldoşlar aytar:
"Hayitgul opa onamga öxşar..."
Unga eldan savoblar qaytar,
Butun feʼli onamga öxşar.
Zuhra Ahmedova,
Oybek nomli mahalla.
Muhabbat sinovi
Derlar menga: bilsang hayotda,
Muhabbat bu – bir umr sinov.
Agar şunday bölmaganda ham,
Mumkinmikan uni unutmoq?
Nima deysan axir taqdirga,
Yana bir bor uçraşib qolsang.
Yurak uzuk emas-ku, axir,
Suğursang-u taşlab yuborsang.
Mangu yaşaş uçun muhabbat:
Yuraklarga qilingan surgun.
Şuning uçun işq sahrosida,
Majnun bölib yuribdi – Majnun.
Qismat bezak – inson umriga,
Gunohlardan foriğ qil, ey Rab.
Kumuşbibi eslangan kunda,
Yiğlab turar oldingda... Zaynab.
Oşiqlarning yöli bölgan tor,
Söqmoqlari doim baland-past.
Zaynabmasmi... işq azobida,
Muhabbatga qilgan suiqasd?
Muhabbati uçun kimlardir,
Inʼom qilgan toj-u taxtini.
Oson bölarmikan kimgadir,
Bosib olmoq birov baxtini?
Qismat oğir bölsa naçora,
Kötaramiz, kimdir... gunohkor?
Har kimning ham heç aytilmagan,
Qiblagohi, sajdagohi bor.
Bugun endi Otabek uçun,
Marğilonning yöllari uzun.
Yuragingni tirnayveradi,
Zaynab aqli noqis bölgan kun.
Nima deymiz Kumuşbibiga,
Agar bir bor uçraşib qolsak.
Yurak uzuk emas-ku axir,
Suğursang-u taşlab yuborsang.
Asli hayot sinoqdir, lekin,
Erk bermoqlik kerakmi tilga?
Muhabbati uçun emasmi,
Kimdir Majnun, kim esa telba...
Qöçqor Otajonov,
Bosuv mahallasi.
Uvoli bölar
Daraxtlar gul oçsa, tabiat kular,
Sölim boğlarida, mevalar pişar.
Erta bahor guvoh, oltin kuz guvoh,
Kuz kelsa barglar tökilib tuşar.
Kuz keldi ölkamga, oltin kuz keldi,
Fasllar içra fusunkor bölib.
Kuzning hasratiday tökilar yaproq,
Oyoqlar ostida poyondoz bölib.
Yoz böyi boşingda soyabon bölar,
Xil-xil mevalarga, omborlar tölar.
Allohimning bizga bergan, savoli bölar,
Balki barglarning ham uvoli bölar.
Xolimbat XudoYorov,
Bobur nomli ovul.
Beşovulning qizlari
Oydek jamolidan közlar qamaşar,
Nazar taşlasa gar dunyo adaşar.
Kulib yuring, sizga kuliş yaraşar,
Nur soçadi gözal yuzlari –
Beşovulning qizlari.
Könglida iymon-u, qalbi tozalar,
Har işda oqila va ozodalar.
Sizga loyiq faqat çin şahzodalar,
Ibolidir aytar sözlari –
Beşovulning qizlari.
Siz şamning yoğdusi, bölay parvona,
Köçalarni töldirib yuring mardona.
Dovruğingiz yetsin, jumla jahona,
Osmonning oy-yulduzlari –
Beşovulning qizlari.
Özimdan qöşmadim, bu hammasi rost,
Qança maqtasam ham sizlar uçun oz.
Taʼrifingizga söz yetmadi xolos,
Yonib turar yulduz közlari –
Beşovulning qizlari.
Sevsa gar, sevgining qadrin bilganlar,
Sadoqatdan böyniga marjon ilganlar.
Faxriddinni bir devona şoir qilganlar,
Yuragimda bordur izlari –
Beşovulning qizlari.
Faxriddin Saʼdullayev,
QDU talabasi.
Şeʼriyatga qaytiş
Mana ha, demasdan kirib keldi kuz,
Men-ku internetdan uzolmadim köz.
Bahor ötib ketdi, yoz ötib ketdi,
Olti oy yozmadim hatto biror söz!
Endi heç narsa yöq söz bisotimda,
Bir şeʼr yozmoq uçun, ming öyga toldim!
Men ham bir zamonlar zör şoir edim –
Bugun-çi, şeʼrga söz topolmay qoldim!
Daftarlar yirtilgan, qalamlar singan
Olti oy vaqt ötgan endi oradan.
Endi ötli-ötli şeʼr yozmoq uçun,
Qayta tuğilişim kerak onadan!
Baribir özingga qaytaman, şeʼriyat...
Komronbek Kamol.
Döstlarim köp
Döst orttirdim juda köp,
Şahlo, Zuhra, Malohat.
Çorlasam kelar töp-töp,
Döstlar bölsin salomat.
Ularning taşrifidan,
Uyim yaşnab ketadi.
Sözlasam taʼrifidan,
Dilga quvvat yetadi.
Ismlari xöp gözal,
Aʼloçi va orasta.
Sözlari şirin, asal,
Könglimga payvasta.
Döst qança köp bölsa,
Ozdir asl döstlarga.
Döst bilan obod jahon,
Döst kafil kam-köstlarga.
Maftuna Qurbonboyeva,
36-maktab öquvçisi.
Şamol
Şamol tinmay yeladi,
Dalalarni kezadi.
Erta-yu keç tinmasdan,
Bulutlarni quvadi.
Quyoş yuzin yaşirib,
Bulut soya soladi.
Şamol kelsa, bir pasda,
Tum-taraqay qoçadi.
Odamlar bundan xursand,
Yomğir yoğmasa, albat.
Mehnat qilişar har vaqt,
Şamolga deya, rahmat.
Elyorbek Erkinov,
57-maktab öquvçisi.
VATAN
Vatanga bir nazar sol,
Iforidan orom ol.
Tört tomoni çamanzor,
Avlodlar topgay kamol.
Vatanim qudratidan,
Haybat-u savlatidan.
Faxr etaman hamişa,
Hurriyat davlatidan.
Mevazor boğlarida,
Purviqor toğlarida,
Oçilmagan sirlar bor,
Oq marmar tonglarida.
Gullarini hidlasang,
Vatan hidi keladi.
Zilol, tiniq suvlari,
Dilga orom beradi.
Maşhura Rajabova,
82-maktab öquvçisi.
AYoLLARNI YIĞLATMANG
Bittagina gul bilan,
Ayol köngli şod bölar.
Ayol kulgusi bilan,
Uyingiz obod bölar.
Bu mening fikrim xolos,
Mayli unga gul bermang.
Lekin bitta iltimos,
Ayollarni yiğlatmang.
Barno Samandarova.
Kuz
Oltin kuzni sevamiz,
Uni yaxşi köramiz.
Barglari tilla rangda,
Esar mayin şabada.
Poliz töla, töla boğ,
Yetiladi anor, nok.
Qovun-tarvuz va qovoq,
Hosilga tölar har yoq.
J.BEKIMBETOVA.
Yoşligimni kuylayveraman
Yetmiş yoşga çiqsam-da yana,
Yoşligimga qaytaveraman.
Topgan kabi özgaça maʼno,
Yoşligimga baho beraman.
Ötgan umr sarlavhasini,
Yoşlik degan har lavhasini.
Şöxlik hamda qah-qahasini,
Kuyga solib aytaveraman.
Gullar terib çamanlar aro,
Közlab-közlab zamonlar aro.
Najot topib imkonlar aro,
Yurar yölga qarayveraman.
Dilda toşib şodlik-quvonçim,
Men yozaman, kengdir quloçim.
El bilandir köz-u qaraşim,
Dil riştasin boğlayveraman.
Dilsayyorning porloq quyoşi,
Tokim bordir dilda bardoşim.
Bölsa hamki, yetmişda yoşim,
Hayot zavqin baham köraman.
Xudoybergan Jumamurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶