Bosuv mahallasida tuman hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
8-sentyabr kuni Bosuv mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan 26-sonli umumtaʼlim maktabi binosida navbatdagi “Hokim va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov, tegishli tashkilot masʼullari hamda mahallaning 40 dan ziyod faol yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda dastlab tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 31-avgust kuni imzolangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonning mazmun-mohiyati haqida tushintirishlar berdi.
Farmonning yoshlarga oid bandi, yaʼni 2022-2023 oʻquv yili uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasida umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi oʻquv yillari uchun esa har yili 1-sentyabrga qadar 6 500 nafar yoshlarning viloyatlardagi davlat oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha qabul parametrlari asosida oʻqishga qabul qilinishi Qoraqalpogʻistonlik yoshlar uchun katta imkoniyat ekanligini taʼkidladi.
Shundan soʻng tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar haqida gapirib, koʻproq ilm olishga, hunar oʻrganishga chaqirdi. Uchrashuvda mahallaning yoshlar yetakchisi faoliyatining natijadorligiga ham eʼtibor qaratildi.
Tuman hokimining yoshlar bilan boʻlib oʻtgan samimiy va ochiq muloqoti yoshlarga oʻzgacha kuch va gʻayrat bagʻishladi. Uchrashuvda yoshlardan kontrakt toʻlovining qoplab berilishi, tadbirkorlik uchun obʼekt berilishi va tabiiy gaz bilan bogʻliq masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 1 tasiga shu yerning oʻzida tushuntirish berilib, 2 tasi boʻyicha oʻrganish ishlarini olib borish hamda hal etish Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi boshligʻi Sardor Ismailovning zimmasiga yuklatildi.
Bugun yurtimizda unib-oʻsayotgan har bir yosh avlod Oʻzbekistonning porloq kelajagidir. Oldimizdagi turgan ezgu maqsadlarimiz-mamlakatimizning buyuk kelajagi xam, ertangi kunimiz, erkin va faravon hayotimiz xam, Oʻzbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatida qanday oʻrin egallashi ham avvalambor yosh avlod, unib-oʻsib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar boʻlib voyaga yetishiga bogʻliqdir.
Shunday ekan, ularni qoʻllab-quvvatlash, qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish, bugungi kunning muhim va dolzarb vazifasidir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶