Durunki mahallasida 3-sektor rahbari, tuman IIB boşliğining sayyor qabuli bölib ötdi
Aholi bilan doimiy muloqot qiliş, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etişning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning ustuvor yönalişiga aylandi. Odamlarning dardini eşitiş, oğirini yengil qiliş yurtdoşlarimizning adolatga, davlatga bölgan işonçini mustahkamlaşga xizmat qilayotir.
Xususan, sektorlar rahbarlari va mutasaddi idora, taşkilot vakillari tomonidan murojaatlarni joyiga çiqqan holda, sayyor qabullar orqali tinglaş amaliyoti keng yölga qöyilganligi xalqimizning davlat idoralariga nisbatan işonçinining yanada ortişiga sabab bölmoqda.
Yaqinda Amudaryo tumanining Durunki mahalla fuqarolar yiğinida navbatdagi sayyor qabul bölib ötdi.
Unda 3-sektor rahbari, tuman Içki işlar bölimi boşliği, Jamaladdin Yusupov, tuman Xalq qabulxonasi bölimi mudiri Erkin Rajabov, tegişli taşkilot masʼullari hamda ovul hududida istiqomat qiluvçi 26 nafar fuqaro iştirok etişdi.
Aholi bilan muloqot jarayonida fuqarolardan içki işlar organlariga hamda rasmiy saytlarga kelib tuşayotgan savollar va murojaatlar tahlili orqali bugungi kundagi dolzarb mavzular aniqlab olindi.
Sayyor qabulda dastlab tuman Içki işlar bölimi boşliği Jamaladdin Yusupov mahallalarda faoliyat olib borayotgan mahalla raisi, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi, xotin-qizlar faoli aholi muammolari bilan işlaşda “xonadonbay” va “mahallabay” işlaşlari lozimligi har bir fuqaro bilan yakka tartibda muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini örganiş, hal qiliniş zarurligini, muşkul bölgan murojaatlarni sektor rahbari bilan birgalikda hal etiş çoralari körilişini maʼlum qildi.
Şuningdek, voyaga yetmaganlar örtasida jinoyatçilik va huquqbuzarlikning oldini oliş, tarbiyasi oğir yoşlar bilan işlaşiş böyiça öz tavsiyalarini berib ötdi.
Tuman Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapov esa murojaatlar heç qaçon eʼtibordan çetda qolmasligini, iloji boriça ijobiy yeçim topişini taʼkidladi.
Şuningdek, yoşlar uçun, umumun tumanimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro uçun, tuman Xalq qabulxonasi eşiklari doimo oçiqligi, har bir fuqaro öz muammolari bilan bemalol murojaat qilişlari mumkinligini aytib ötdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan turli mazmundagi 11 ta murojaat kelib tuşdi.
Kelib tuşgan har bir murojaat atrofliça örganilib, tegişli sohaviy taşkilot rahbarlariga yönaltirildi hamda öz vaqtida, adolatli va xolis körib çiqiş yuzasidan aniq topşiriqlar berildi.
Bunday uçraşuvlarning ötkazilişi aholining turmuş farovonligini yanada yaxşilaş, eng muhimi muammolarni ijobiy hal etiş orqali xalqni rozi qiliş uçun xizmat qilişi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶