27-SONLI MAKTABDA YaNGI ÖQUV YILI BOŞLANIŞIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR BÖLIB ÖTDI
5-sentyabr kuni tumanimizning öquvçi yoşlari uçun yangi 2022-2023 öquv yilining boşlanişi ulkan şodiyonalarga aylanib ketdi. Yoz böyi huvillab turgan maktablar bağri yana öquvçilar bilan gavjum böldi.
Arnaböyi mahallasida joylaşgan 27-sonli maktabda ham yangi öquv yiliga ilk qönğiroq çalinişi bayram tusini oldi.
“Birinçi qönğiroq” tadbiriga maktab öqituvçilari, öquvçilaridan taşqari Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi kotibiyati mudiri, hududdan tuman Kengaşiga saylangan deputat Mansur Örozboyev, mahalla yoşlari yetakçisi Şahzod Nuratdinov, öquvçilarning ota-onalari iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori Quvvat Jörayev oçdi va barça öquvçilarni yangi öquv yili boşlanişi, 1-sinfga qabul qilingan kiçkintoylarni maktabga ilk qadam qöyganliklari bilan samimiy qutladi va öqişlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tajribali öqituvçilar, mehmonlar tabriklaridan söng bu yil 1-sinfga qabul qilingan 64 nafar bolalarga “Prezident sovğasi” – darsliklar jamlanmasi va öquv qurollari solingan sumkalar taqdim etildi. Tantanali tadbirdan söng maktabning 600 nafar öquvçilari “Mustaqillik darsi” bilan yuqori kayfiyatda yangi öquv yilini boşladilar.
Şahzod Nuratdinov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶