TOShYoP OVULIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI
Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholining muammo va tashvishlarini tinglab, yechim topish va xalqni bugungi hayotidan rozi qilish asosiy vazifaga aylangan.
Shu yilning 5-avgustida Amudaryo tumanining Toshyop ovulida 4-sektor rahbari, tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov va tegishli idora-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan sayyor qabul ham ana shunday maqsadga qaratildi.
Sayyor qabulda dastlab Aydos Seyitov oʻtkazilayotgan tadbirning maqsadlari haqida gapirdi va fuqarolarni hayotlaridagi muammo va kamchiliklarni asosli, ochiq bildirishga chaqirdi.
Shu kuni fuqarolardan masʼullarga 12 ta murojaatlar kelib tushdi. Ularning 3 tasi ichki koʻchalarni taʼmirlash masalasida, 5 tasi elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash, elektr ustunlarini almashtirish masalasida, 2 tasi bank krediti, 2 tasi esa ota-onalardan oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakt pullarini toʻlab berish masalasida boʻldi.
Sayyor qabul davomida murojaatlarning 1 tasi joyida qanoatlantirildi. 1 tasiga asosli tushuntirishlar berildi. Qolgan 10 ta murojaatlar tegishliligi boʻyicha idora va tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shundan soʻng Toshyop ovul fuqarolar yigʻiniga biriktirilgan Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari Fahriddin Yusupovning hududda aholi, yoshlar bandligini taʼminlash va oilalarning doimiy daromadga ega boʻlishini taʼminlash borasida amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishildi.
Faxriddin Yusupov ushbu lavozimga joriy yil boshida tayinlangan boʻlsa, faoliyatini ovuldagi xonadonlarni oʻrganish, xatlovdan oʻtkazish va 4 ta toifaga ajratib olishdan boshladi.
Aytish joizki, ushbu ovulda jami mavjud 596 ta xonadon xatlovdan oʻtkazilib, ishsiz, kam taʼminlangan, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish, ishlash istagi bor, ijtimoiy-himoyaga muhtoj fuqarolar bilan alohida shugʻullanildi.
Natijada shu kungacha fuqarolarga yangi ish oʻrinlarini tashkil etish uchun jami 1 mlrd. 354 mln. soʻmlik kreditlar ajratildi. Shulardan 10 nafar fuqaro qoʻychilik bilan, 2 nafar fuqaro issiqxonada sabzavotlar yetishtirish bilan, 3 nafar fuqaro asalarichilik bilan, 1 nafar fuqaro zotdor mollar parvarishlash bilan shugʻullana boshladi. Shuningdek, 74 nafar fuqaro 10-yil muddatga ijaraga yer olib, dehqonchilik qilayapti.
Ovul hududida yil boshidan beri 5 ta masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi, 3 nafar yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat boshladi. 2 nafar fuqaroga subsidiya asosida issiqxona qurib berildi.
Hokim yordamchisi aralashuvi bilan ancha yillardan beri muammo boʻlib kelgan Ziynat va Uzumbogʻ qoʻchalarida tegishli tashkilotlar yordamida 720 metrli yoʻl chiqarildi. Tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan 1 ta umumiy ovqatlanish va savdo doʻkoni hamda soatiga 1 tonna suvni tozalash uskunasi oʻrnatildi.
Faxriddin Yusupov ovul aholisining holidan muntazam xabar olib, muammo va kamchiliklarini bartaraf etishga intiladi. Uning faoliyati oʻrganilganda bu haqda batafsil eʼtirof etildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶