24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 10:40
Jamiyat 👁 331

KUChLI IRODA VA QATʼIYaT SOHIBI

KUChLI IRODA VA QATʼIYaT SOHIBI

Inson borki, yorugʻ niyatlar, ezgu orzular bilan yashaydi. Qalbida ana shu goʻzal tuygʻulari borligi uchun ham u hayotni sevadi, yanada yorqin manzillar tomon intiladi. Shuning uchun ham xalqimiz intiluvchan insonlar haqida intilganga tolʼe yor, deya taʼrif berishadi.

Amudaryo tumanining Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi Olimjon Oʻrozmetov umumtaʼlim maktabini tugatganida yerga ursa, osmonga sapchiydigan yigit edi. Dil toʻla orzular bilan Toshkent shahriga, oʻzi orzu qilgan kasb yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumot olish niyatida borgan yigitning omadi chopmadimi, oliygohga oʻqishga kiraolmadi. Lekin umidini soʻndirmay, oʻzi tanlagan yoʻnalish boʻyicha Toshkent shahridagi matbaachilik kasb-hunar bilim yurtiga oʻqishga kirib, mazkur bilim dargohini 1995-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. Ammo, ishga kelganda yana omadi chopmadi.

Ishdami, oʻqishdami, baʼzan omadi yurishmasa, tushkunlikka tushib, hamma narsaga qoʻl siltab ketuvchilar qancha! Lekin Olimjon tushkunlikka tushmadi. “Hali butun hayotim oldinda, hammasi yaxshi boʻladi”, degan ezgu umidlar bilan “Xorazm yoʻl qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli Jumurtov togʻ-kon tsexiga ishga kirdi.

Epchil va uddaburon, mehnatkash boʻlgan Olimjon qisqa fursat ichida kasbdoshlarining ishonchini qozondi. Smena, oylik va choraklik ish rejalarini ortigʻi bilan uddalab, oʻz kasbiga mehr qoʻygan Olimjon 2004-yilda ish jarayonidagi baxtsiz tasodif tufayli chap qoʻlidan ayrilib qoldi.

Tinimsiz, oylab davolanishlar, kasbdoshlarining mehr-oqibati tufayli shifo topdi, lekin bir umrga nogiron boʻlib qoldi. Tibbiy mehnat ekspertiza komissiyasining xulosasiga koʻra 2-guruh nogironi boʻlib qolgan Olimjon Oʻrozmetov yana mehnat maydoniga, biri-biriga qadrdon boʻlib qolgan “Xorazm yoʻl qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishchilari safiga qaytdi.

Garchi bir qoʻlidan ayrilib, 2-guruh nogironi sifatida imkoniyati ancha cheklangan boʻlsa-da, jamoada oʻz oʻrnini topdi. Yolgʻiz qoʻli bilan baʼzi sogʻlom insonlar bajaraolmaydigan ishlarni ham bemalol uddalayotgan Olimjonning harakatlari, intilishlari ragʻbatlantirilib, Jumurtov togʻ-kon tsexida operator boʻlib ishlay boshladi. U bu ishni nafaqat uddaladi, balki oʻz ishini intizomli tarzda amalga oshiruvchi masʼuliyatli operatorga aylandi.

Olimjon Oʻrozmetov oilaparvar umr yoʻldoshi, biri-biridan aqlli-hushli 5 nafar oʻgʻil-qizning sevimli otasi. U ishdan boʻsh vaqtlarida tomorqa xoʻjaligida dehqonchilik bilan shugʻullanadi. “Men nogironman, davlat nogironlik nafaqasini berib qoʻyibdi”, demaydi. Aksincha farzandlariga bosh boʻlib, erta bahordan to kech kuzgacha ishdan boʻsh vaqtlarida, dam olish kunlarida ekin-tikin parvarishi bilan band boʻladi.

Moʻʼjazgina bogʻida barq urib oʻsayotgan, shigʻil mevaga kirgan olma-yu uzum, nashvati-yu olcha, olxoʻri, oʻrikdan oila ehtiyojiga yarasha hosil oladi, ortganini bozorga olib chiqadi. Parrandasi-yu chorvasidan, poliz va sabzavot ekinlaridan ham moʻl-koʻl daromad oladi. Uning intiluvchanligi va serharakatligini koʻrganlar:

- Nogironlik nafaqasini olib turgan boʻlsang, joningni qiynayverib nima qilasan, - deyishadi baʼzan. Bunday deguvchilarga Olimjonning javobi ham tayin:

- Xudoga ming shukurki, bitta qoʻlim sogʻ, imkoni boricha oʻzimni va oilamni moddiy taʼminlashga hozircha qurbim yetadi, bekor oʻtirib qolishdan asrasin, - deydi qatʼiyat bilan.

Olimjonning bir qoʻli bilan ketmonni moʻljalga aniq urishlari, bemalol oʻt oʻrishlari, hatto belkurakni ham sogʻlom odamlarday tutib, ish yuritishlaridan bildikki, intilish, ezgu niyatlar ogʻushida yashash insonga nainki kuch bagʻishlaydi, balki qatʼiyatli va irodali boʻlishga ham undaydi. Olimjon Oʻrozmetov ana shunday qatʼiyat va iroda sohibi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026