Dörmanlik yoş kitobxon oila Prezident sovğasi - Spark avtomaşinasi sohibi böldi
Respublikamizning barça hududlarida bölgani singari Amudaryo tumanida ham beş bosqiçli “Beş taşabbus olimpiadasi” yuqori saviyada taşkil etildi. Olimpiada doirasida sanʼat, madaniyat, sport sohalarida köplab tanlovlar hamda musobaqalar ötkazildi.
Jumladan, “Yoş kitobxon oila” tanlovi tumanimizdagi barça yoş oilalarni kitob bilan oşno bölişga, maʼnaviy dunyosini yanada boyitiş uçun badiiy adabiyotlar mutolaa qilişga çorladi.
Quvonarlisi, tumanimizning Dörman ovulida istiqomat qiluvçi, tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 20-sonli umumtaʼlim maktabi öqituvçilari Umidjon Örinboyev hamda Muhabbat Davlatovalar tanlovning mahalla, sektor, tuman bosçiqlarida ğoliblikni qölga kiritib, hududiy va Respublika bosqiçlarida ham barça iştirokçilardan köproq kitob mutolaa qilganliklarini amalda namoyiş qildilar. Yurtdoşlarimiz tanlovning mamlakat miqyosidagi bosqiçida ham mutloq ğoliblikni qölga kiritib, “Özbekistonning yoş kitobxon oilasi” deya eʼtirof etildi. Ğolib oilaga Prezident sovğasi – “Spark’’ avtomobili topşirildi.
3-iyun kuni Amudaryo tumanida Örinboyevlar oilasini tantanali ravişda kutib oliş marosimi taşkil qilindi. Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, hokim örinbosari Mahmud Şermetov, Yoşlar işlari agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismailov, ovul faollari va keng jamoatçilik vakillari iştirok etişdi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev yoş oilani nufuzli tanlovning mamlakat miqiyosidagi bosqiçida ğolib bölib, Prezident sovğasi – “Spark’’ avtomobilini qölga kiritgani bilan samimiy qutladi. Tuman hokimi öz sözida kitobning inson kamolotidagi örni haqida sözlab, oilaviy kitobxonlik farzandlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidlab ötdi. Tuman hokimi Özbekistonning eng kitobxon yoş oilasi tumanimizdagi barça oilalarga namuna bölişini taʼkidlab, tanlov ğoliblariga televizor sovğa qildi.
Öz navbatida Örinboyevlar oilasi vakillari ham tuman hokimligi va Yoşlar işlari agentligiga körsatilayotgan eʼtibor uçun minnatdorçilik bildirişdi.
Darhaqiqat, tanlovda Respublikamizning barça viloyatlaridan hamda Toşkent şahridan saralab olingan oilalar orasida mutloq ğoliblikni qölga kiritgan amudaryolik yoş oila erişgan yutuqlar barçani birdek quvontiradi.
Aytiş kerakki, bugungi kunda yurtimizda yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni kitobxonlikka qiziqtiriş, milliy xalq öyinlari va sport turlarini yoşlar orasida ommalaştiriş, yoşlar festivallari va boşqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oşirişda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Beş muhim taşabbus” alohida ahamiyatga ega.
“Beş muhim taşabbus” doirasidagi tadbirlarni yanada jadallaştiriş hamda qamrov darajasini kengaytiriş maqsadida ötkazilayotgan olimpiadalar, körik-tanlovlar yoşlarning maʼnaviy va maʼrifiy dunyosini boyitişda muhim vosita bölib xizmat qilmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶