13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 01:02
Fan va taʼlim 👁 474

“Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida yarmarkalar ötkazilmoqda

“Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida yarmarkalar ötkazilmoqda

Amudaryo tumanining Qiliçboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida ovul faollari, hududdagi maktab öqituvçilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirokida “Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida yarmarka ötkazildi. Unda yagona maktab formasining afzalliklari, ota-onalar uçun ham, maktab öquvçilari uçun ham birday qulay va hamyonbop xarid bölişi haqida söz yuritildi.

Maʼlumki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli Qaroriga muvofiq mamlakatimizdagi barça umumtaʼlim maktablari öquvçilari uçun yagona maktab formasini joriy etiş va uni amalga oşiriş böyiça vazifalar belgilab berildi. Mazkur Qaror ijrosini taʼminlaş koronavirus pandemiyasi tufayli maʼlum muddatga keçiktirilib, umumtaʼlim maktablari öquvçilari gibrid şakldagi maktab formalaridan foydalanib kelişayotgan edi.

Ayni kunlarda joriy 2022-2023 öquv yilidan boşlab Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi Qarori rahbarlikka olinib, barça maktablarning öquvçilari “Yagona maktab formasi” bilan qamrab olinişi uçun rejali saʼy-harakatlar boşlab yuborildi.

Qiliçboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabi hududdagi namunali öquv maskanlaridan biri sanaladi. 2021-2022 öquv yilida mazkur ilm dargohini 50 nafar yoş bitirib, ularning deyarli barçasi oliy taʼlim muassasalariga hujjat topşirişdi.

Ayni paytda maktabda 798 nafar öquvçi tahsil olişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. 2022-2023 öquv yilidan yagona maktab formasiga ötiş böyiça maktab maʼmuriyati, öqituvçilar va ota-onalar iştirokida tuşuntiriş-tarğibot işlari olib borilib, barça öquvçilarning yagona maktab formasi bilan töliq taʼminlanişiga zarur imkoniyat yaratiş maqsadida “Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida taşkil etilgan yarmarkada “Tamara testil” xususiy korxonasi mahsulotlari namoyiş etildi.

Yarmarkani maktab direkori J.Ortiqov oçdi va barça iştirokçilarga joriy etilayotgan yagona maktab formasining afzalliklari, beriladigan buyurtmalarning “Tamara tekstil” xususiy korxonasi çevarlari tomonidan tez va sifatli, hamyonbop narxlarda tayyorlab berilişi xususida batafsil maʼlumot berdi.

Şundan söng, Qiliçboy ovul fuqarolar yiğini raisi Bahrom Qodirov ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamxarj oilalarning farzandlariga maktab formasi xarid qilişda fuqarolar yiğini tomonidan kömak berilişini, albatta, har bir oila farzandining oddiy va ixçam kiyinişiga eʼtibor berişi zarurligini taʼkidladi.

Tadbirda sözga çiqqanlar yangi 2022-2023 öquv yilidan amaliyotga joriy etilayotgan yagona maktab formasi öquvçilarning dars paytida diqqatini jamlaş, darsga masʼuliyat va qunt bilan yondaşiş imkoniyatini oşirişi haqida öz fikrlarini bildirdilar.

Yarmarka davomida ota-onalar “Tamara tekstil” xususiy korxonasi çevarlari tomonidan tayyorlangan ixçam va bejirim maktab formalarini farzandlari uçun xarid qildilar.

Şuningdek, Amudaryo tumanidagi 6-sonli maktabda ham “Yagona maktab formasi – amalda” mavzusida yarmarka taşkil etildi. Unda 6-sonli maktab öqituvçilari, öquvçilarning ota-onalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.

Yarmarkada “Tamara tekstil” xususiy korxonasi çevarlari tomonidan tayyorlangan zamon talablariga mos rusumdagi maktab formalari namoyiş etildi.

Ota-onalar farzandlari uçun mos biçimdagi maktab formalarini xarid qilişdi. Şuningdek, şu yerning özida “Tamara tekstil” xususiy korxonasi dizayner va çevarlari ota-onalardan yangi buyurtmalar ham qabul qilib oldilar.

Aytiş kerakki, umumtaʼlim maktablari öquvçilarining neçoğlik madaniyatliligi uning yuriş-turişi, egnidagi libosiga köp jihatdan boğliq. Çunki töğri tanlangan libos öquvçining nafaqat jismoniy yetukligi, balki xulq-atvori, hatto ilm egallaş darajasi haqida ham xulosa çiqariş imkonini beradi. Qolaversa, ixçam, sodda va oddiy, barça ijtimoiy qatlamlarga ham mos keladigan maktab formasi ota-onalar uçun ham, oilalar iqtisodi uçun ham muhim ahamiyatga ega.

 “Yagona maktab formasi – amalda” yarmarkasi Amudaryo tumanining barça hududlarida ötkazilmoqda. Olis qişloqlardagi ota-onalar uçun qulay va imtiyozli narxlarda xaridni amalga oşiriş imkoniyatini yaratiş maqsadida taşkil etilayotgan mazkur tadbirdan, albatta, ota-onalar mamnun bölişmoqda.

Robiya Yöldoşeva.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026