18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 07:23
Jamiyat 👁 691

MAHALLA YoShLARINING MASLAHATGOʻYIGA AYLANGAN YeTAKChI

MAHALLA YoShLARINING  MASLAHATGOʻYIGA AYLANGAN YeTAKChI

Oʻzbekiston – yoshlar mamlakati. Shu bois, yurtimizda yosh avlod taʼlim-tarbiyasi va kamolotiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarning talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularga yangidan-yangi imtiyoz va imkoniyatlar yaratishga ahamiyat berilmoqda.
Fozilbek Qurbonboyev Toʻlqin ovuli yoshlar yetakchisi sifatida bugungi kunda oʻz faoliyatini olib bormoqda. Yoshlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib, oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori va isteʼdodini ragʻbatlantirish va shu kabi boshqa maqsadlarda koʻpgina ishlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tadbirkorlikni targʻib etib, kredit va yordam choralarini jalb qilishda amaliy yordam berib kelmoqda.
Ovulda jami aholi soni 8170 nafardan iborat boʻlsa, shundan 3182 nafari yoshlar hisoblanadi. “Yoshlar daftari” platformasiga 2022-yil yanvar oyidan boshlab, shu kungacha 143 nafar yoshlar yetakchi tavsiyasi bilan kiritildi. Shundan, 135 nafar yoshga platforma orqali dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berildi va ularning bandligi taʼminlandi. Bundan tashqari, 7 nafar yoshga imtiyozli kredit asosida dehqonchilikda qoʻllaniladigan motokultivatorlar olib berildi. 1 nafar yoshga kredit asosida tikuv mashinasi olib berilib, hozirgi kunda aholiga xizmat koʻrsatish orqali daromad manbaiga ega boʻldi. Uning tashabbusi bilan “Toʻlqin chevarlari” oʻquv-markazi tashkil etilib, hozirda u yerda ovuldagi xotin-qizlar tikuvchilikning sir-asrorlarini oʻrganishmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovida mahalla yoshlaridan iborat “Yoshlik” jamoasi mahalla, sektor va tuman bosqichlarida mutlaq 1-oʻrinni egallab, hududiy bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Mahalla hududida 3 ta maktab, 2 ta sunʼiy qoplamali sport maydonchasi mavjud boʻlib, undan ovul yoshlari foydalanmoqda.  
Axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida ovulda “Kompyuter savodxonligi”, “Yosh dasturchi” toʻgaragi tashkil etilib, muntazam dars mashgʻulotlari yoʻlga qoʻyilgan. Mahalla fuqarolar yigʻini binosi yonida yoshlarni kitobxonlikka targʻib qilish maqsadida kutubxona barpo etilib, kitoblar jamlanmasi bilan toʻldirildi. Maʼnaviyat va kitobxonlikni yoshlar ongiga singdirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasini yoshlarning turli tanlovlarda faxrli oʻrinlarni egallaganidan ham bilsak boʻladi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Yosh kitobxon oila”, “Mushoira”, “Zukko kitobxon” tanlovlarining mahalla bosqichlari oʻtkazildi. “Yosh kitobxon oila” tanlovida Sultonovlar oilasi sektor bosqichida 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. “Mushoira” tanlovida Oyjamol Ibragimova tuman bosqichida 2-oʻrin, “Zukko kitobxon” tanlovida mahalla yoshlaridan iborat “Bilimdon” jamoasi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. “Zakovat” intellektual oʻyinining sektor bosqichida 2-oʻrin, tuman bosqichida faxrli 3-oʻrinni egallashdi.
Mahallada yoshlar yetakchisi sifatida mehnat faoliyatini olib borayotgan Fozilbek izlanuvchan va tashabbuskor yetakchi sifatida boshqalarga oʻrnak boʻlib kelmoqda. Mahalla yetakchisi yurt ravnaqi, porloq kelajak qurish yoʻlida munosib hissa qoʻshish uchun oʻzining bor kuch-gʻayrat va salohiyatini safarbar qilmoqda.

Sevara ISMOILOVA,
QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026