BEZGAKNI PAŞŞALAR TARQATADI
Bezgak – ötkir yuqumli kasallik bölib, anafeles, yani bezgak paşşalari orqali yuqadi. Şu yil fevral oyida Samarqand şahrida «Silk Rood» Samarqand korxonasi menedjeri 60 yoşdan oşgan Germaniya fuqarosi Noll Tomas Stefanda çetdan keltirilgan bezgak kasalligi aniqlandi. Unga Toşkent şahridagi şifoxonada davo çoralari körilib, tuzalib ketdi.
Bezgak paraziti inson qonida yaşab, köpayadi. Qon tanaçalarida joylaşib, ularni parçalaydi hamda qon işlab çiqariş, asab, yurak-qon tomir va organizmning boşqa tizimlarini işdan çiqaradi. Baʼzan kasallik şunçalik oğir keçadiki, agar davolaş öz vaqtida boşlanmasa, bemor bir neça kundan söng vafot etadi. Harorat kötarilganda yoki bezgakning boşqa belgilari namoyon bölganda, albatta, şifokorga murojaat qiliş kerak. Kasallik soğlom odamga paşşa çaqqanda, yaʼni kasal odamni çaqqan paşşa sölagi orqali qözğatuvçilar soğlom odam organizmiga tuşganda yuqadi.
Kasallik tösatdan boşlanadi: bemor sovuq qotganday qaltiraydi. Söngra harorati tez pasayib, baʼzan bir maromga tuşib, qattiq terlaydi. Ertasiga esa özini soğlom his qiladi. Keyin kun davomida isitma kötarilib turadi. Bemorda kasallik öz vaqtida aniqlanib, töğri davolansa soğliğiga putur yetmaydi.
Kasallikning oldini oliş uçun uni imkon boriça erta aniqlaş va davolaş kerak. Bezgak paşşasi, yaʼni anafeles köp uçraydigan joylarda odam himoya kiyim-boşi bilan bölişi kerak. Şuningdek, paşşaga qarşi dorilardan işlatib, keçasi uxlaganda paşşaxonalardan foydalanişni tavsiya etamiz.
T.Atamuradov, tuman SEO va JSB parazitologiya bölimi mudiri.
A.Allayarov, entomolog-şifokor.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶