24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 13:13
Jamiyat 👁 415

TUMANDA MATBAANI ZAMONAVIYLAShTIRGAN TADBIRKOR

TUMANDA MATBAANI ZAMONAVIYLAShTIRGAN TADBIRKOR

Insonning shaxs sifatida shakllanishida oila muhiti juda katta ahamiyatga ega. Bekorga xalqimiz “qush uyasida koʻrganini qiladi”, “oʻgʻil – otadan, qiz – onadan rang oladi”, qabilidagi hikmatlarni yaratmagan.
Mangʻitlik ustoz-murabbiy, Alloh rahmat qilsin, Yoʻldosh ota Xoʻjaboyev 7 nafar oʻgʻil-qizini atrofiga jamlab, doimo bir gapni uqtirardi:
– Halol mehnat qilgan odamning nasibasi ulugʻ boʻladi, bir-birlaringizga mehrli boʻlib, mehnatdan qochmanglar, har bir ishni maslahat va kengash bilan boshlang, tadbirli, tejamli boʻlinglar, – derdilar doim.
Yillar bilan boʻy talashib, 7 nafar oʻgʻil-qiz ulgʻaydi, har biri mustaqil oila qoʻrgʻonini bunyod etishib, tinib-tinchib ketishdi. Farzandlarining qadr-u kamolini koʻrib, koʻngli xotirjam boʻlgan Yoʻldosh  ota bilan Sharifa onaning ortlarida yettita ibratli oila, biri-biridan oqibatli farzandlar, bir mevazor bogʻ kabi unib-oʻsayotgan nevara-chevaralar qoldi.
Yoʻldosh muallim bilan Sharifa ona tuzgan katta xonadonning bir ildizi – tadbirkor va ishbilarmon oʻgʻil Poʻlat Xoʻjaboyev ota-onasining oʻgit va nasihatlarini tumorday asragan, agar taʼbir joiz boʻlsa, ota-onasidan rang olib, ahli Mangʻitga tanilgan tadbirkor shaxs sifatida shakllandi.
Oʻzbek tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlgan otasi Yoʻldosh ota va chevarlik hunari bilan elda eʼtibor qozongan onasidan milliy-maʼnaviy tarbiya olgan Poʻlat Xoʻjaboyev 1979-yilda 16-sonli maktabni muvaffaqiyatli tugatdi. Tengdoshlari qatori oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlishni orzu qilgan Poʻlat negadir oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirishga oshiqmadi. Markaziy gazetalardan birida berilgan eʼlonga koʻzi tushdi-yu, moliya va iqtisod yoʻnalishini tanladi. Shu yiliyoq hujjatlarini Namangan shahridagi oʻrta-maxsus bilim yurtiga, moliya va iqtisod yoʻnalishiga topshirdi. Bilim yurtida havas qilarli darajada yaxshi oʻqidi, tanlagan sohasi boʻyicha puxta bilim egalladi. 1982-yilda mazkur bilim  yurtini muvaffaqiyatli tugatgan Poʻlat Xoʻjaboyev ilk mehnat faoliyatini oʻsha paytdagi  Mangʻit ip yigiruv-toʻquv fabrikasida hisobchi boʻlib ishlashdan boshladi.
Oʻtgan asrning 85-90-yillari koʻplab malakali mutaxassislar uchun sinov yillari boʻldi. Chunki sobiq ittifoq tanazzulga yuz tuta boshlagan, avvalgi taʼminot tizimi izdan chiqqan tahlikali yillarda yirik-yirik sanoat korxonalari ham bankrotlik yoqasiga borib qolgan, ishsizlik haddan ziyod avj olgan edi. Ana oʻsha yillarda  kelajakni koʻraoladigan tadbirkor insonlar tushkunlikka tushmadilar, sinovlarga sabr-toqat bilan bardosh berdilar. Ana shunday sabrli, bardoshli insonlardan biri Poʻlat Xoʻjaboyev boʻldi.
Mustaqillikning ilk yillarida Poʻlatning oldida ikki yoʻl turardi: biri – oʻzi faoliyat yuritayotgan Mangʻit ip yigiruv-toʻquv fabrikasining bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashishini sabr-toqat bilan kutish, ikkinchisi – oʻzi oʻylab yurgan rejasi – xususiy firma tashkil etib, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish. Poʻlat ikkinchi yoʻlni tanladi, ota-onasi, yaqinlari bilan bamaslahat koʻptarmoqli “Tolʼe” xususiy firmasini tashkil etdi. Qurilish-taʼmirlash ishlari bilan shugʻullanuvchi “Tolʼe” firmasida 2 nafar kishi doimiy ish bilan taʼminlandi. Buyurtma asosida uylarning, idora va tashkilotlarning tomini yopish, suvoqchilik, boʻyoqchilik ishlari shuningdek, mustahkam va bejirim “Akfa plast” deraza va eshik romlarini yasash, oʻrnatish ishlarini bajarishga ixtisoslashgan “Tolʼe” firmasining mijozlari safi oshdi.
Yana bir yangi yoʻnalishda ish boshlashni rejalashtirib yurgan Poʻlat Xoʻjaboyev Mangʻitdagi 4-sonli bosmaxona kim oshdi savdosiga qoʻyilayotganini eshitib, ushbu kimoshdi savdosida ishtirok etdi va 2006-yilda mazkur bosmaxonani yutib oldi. 2007-yilda 4-bosmaxona negizida “Mangʻit matbaasi” xususiy korxonasi faoliyatini yoʻlga qoʻydi va 5 nafar kishi doimiy ish bilan taʼminlandi.
Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, jamiki moddiy-texnika manbalari eskirgan, jiddiy modernizatsiyalashga muhtoj bosmaxonada, hatto XXI asr boshida ham, tuman gazetasi ibtidoiy usulda bosilar, gazetani zamon talablari darajasida chop qildirishni istagan amudaryolik jurnalistlar oʻsha paytda Nukus shahridagi bosmaxonaga qatnab, gazetani nashr qildirishardi. Poʻlat Xoʻjaboyev bu borada jurnalistlarning mushkulini oson qildi. 2012-yilda imtiyozli kredit evaziga “Mangʻit matbaasi” xususiy korxonasi tomonidan 2 ta zamonaviy chop qilish jihozlarini olib kelib oʻrnatdi. Natijada Amudaryo tumanining ijtimoiy-siyosiy “Amudaryo haqiqati” – hozirgi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi Mangʻit shahrining oʻzida chop etilib, davriyligi va nusxasi ham oshdi.
Yoʻldosh muallimning tadbirkor oʻgʻli bu bilan cheklanib qolmadi. Tadbirkorlikning yangi-yangi yoʻnalishlariga qoʻl urdi. Aslida tadbirkor bilan boshqa bir tadbirkorning hamkorligi katta rejalarning amalga oshishiga turtki boʻladi. Poʻlat Xoʻjaboyev ham mangʻitlik qandolatchi-yu turli maishiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar, chorvachilik va parrandachilik, poliz va bogʻdorchilik mahsulotlarini tayyorlovchilar bilan hamkorlik asosida ularning buyurtmalariga koʻra,  turli xil bichimdagi taxlov-qutilar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi va joriy yilning 25-iyun sanasidan buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Ushbu yoʻnalish boʻyicha 10 nafar yoshning ish bilan bandligi taʼminlandi.
Oʻzining kengfeʼlligi, samimiy va saxovatpeshaligi, har bir ishni ogʻir-vazminlik bilan, yetti oʻlchab, bir kes, qabilida bajarishi tufayli eldoshlari tomonidan “Boy ota” degan eʼtirofga sazovor boʻlgan Poʻlat Xoʻjaboyevning oilasi ham ibratga, eʼtiborga munosib. Umr yoʻldoshi Gulnoraxon bilan biri-biridan aqlli, mehr-oqibatli bir oʻgʻil, bir qizni, 5 nafar shirin-shakar nevaralarni el-yurt xizmatiga kamarbasta tarbiyalayotgan  Poʻlat Xoʻjaboyev, mangʻitliklar hurmat bilan eʼtirof etganlariday chinakamiga “Boy ota”! Ayni kunlarda 60 yoshga toʻlgan “Boy ota”ning hayot yoʻllarini, oila qoʻrgʻonini bezab turgan mehr-oqibat, oʻzaro hurmat, havasga munosib. Oʻz jigarlarining “Boy ota” darajasiga yetishganidan mamnun tugʻishgan aka-uka, opa-singillari-yu kelinlarining oʻzaro  muomalalari, mehr-oqibatidan obod xonadon ostonasidanoq jigarbandlik rishtalari naqadar ulugʻligiga guvoh boʻlasiz.
Bu yogʻini soʻrasangiz, “Boy ota”miz qutlugʻ 60 yoshlarida ham yana bir ezgu ishga qoʻl uribdilar. “Tolʼe” koʻptarmoqli firmasining yana bir yangi tarmogʻini tashkil etayotgan P.Xoʻjaboyevning rejalari katta. Koʻz tegmasin, debmi “Boy ota”miz “Tolʼe” firmasining daromadlaridan soʻz ochmadilar-u, ammo oʻgʻli Mahmudjon yangi rejasini yashirmadi:
– Ayollar, erkaklar va bolalar poyafzalini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyayotirmiz.
Quvonchini mehmonlar bilan boʻlishgan Poʻlat Xoʻjaboyevning oʻgʻli Mahmudjon yangi tashkil etilayotgan poyafzal ishlab chiqarish tsexining  imkoniyatlari, kutilayotgan natijalar xususida toʻlib-toshib soʻzlaydi.
Toshkent shahridagi mashhur firmalardan biri bilan hamkorlik asosida tashkil etilayotgan mazkur tsex joriy yilning 1-oktyabrida toʻla quvvat bilan faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan. Tsex ishga tushirilishi  bilan 20 nafar yoshlar doimiy ish bilan taʼminlanadi va bu mangʻitlik “Boy ota” Poʻlat Xoʻjaboyevning oʻz eldoshlari uchun katta sovgʻasi boʻladi.
Toʻkin dasturxon atrofida jam boʻlgan jigarbandlari mehr-muhabbatidan obod, halol va fidoyi mehnat mahsulidan fayzli xonadonga, uning ishbilarmon va tadbirkor, qalbi mehr nuridan charogʻon sohibi va sohibasiga, havasga, ibratga munosib farzandlar kamoliga havas qildik. Ilohim, koʻz tegmasin kamolingizga!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026