18.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.10.2026, 07:24
Jamiyat 👁 346

QIShLOQ KOʻChALARI OBOD BOʻLMOQDA

QIShLOQ KOʻChALARI OBOD BOʻLMOQDA

Yurt goʻzal boʻlsa, unda yashash ham maroqli. Yurtning chiroyiga-chiroy qoʻshadigan omillardan biri esa bu, albatta, yoʻllardir. Har qanday faslda ham oʻzining goʻzalligini yoʻqotmaydigan, tekis yoʻllar koʻzimizni quvontiradi. Amudaryo tumanida shunday yoʻllar kundan-kunga koʻpayib, eng chekka qishloqlarning koʻchalari ham tobora obodonlashib bormoqda.
Xolimbeg qishlogʻi Amudaryo tumanining eng chekka hududida, qardosh Turkmaniston Respublikasi bilan chegara qismida joylashgan boʻlib, qishloq bilan tuman markazini bogʻlovchi masofa 35-40 kilometrni tashkil qiladi. Xolimbegliklar tuman markaziga kelishlari uchun Xolimbeg va Qilichboy OFY oraligʻidagi olis masofani yo  avtomobilda yoki yayov bosib oʻtishlariga toʻgʻri keladi. Ikki qishloqni bir-biriga tutashtiruvchi yoʻl nafaqat anchayin olis, shu bilan birga notekis ham. Ayniqsa, Xolimbeg, Afshona va Toʻmaris nomli markaziy koʻchalar qarovsizlikdan oʻnqir-choʻnqir, har qanday yoʻlovchining tinkasini quritib, avtomobillar qatnovi uchun qiyinchilik tugʻdirardi. Amudaryo tuman hokimligi va Xolimbeg OFY masʼullari, qolaversa, ovul faollarining saʼy-harakatlari tufayli yaqinda ovulning markaziy uchta koʻchasi – Xolimbeg, Afshona, Toʻmaris nomli koʻchalarida tekislash, tiklash-taʼmirlash ishlari boshlab yuborildi.
Taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan, Xolimbeg OFYning Xolimbeg, Afshona hamda Toʻmaris nomli koʻchalarining bugungi qiyofasi tamoman oʻzgargan. Koʻchalar kun sayin  fayzli, kishi diqqatini tortadigan darajada chiroyli qiyofa kasb etmoqda. Mazkur ovul hududidagi markaziy koʻchalar sirasiga kiradigan Xolimbeg, Toʻmaris va Afshona nomli koʻchalarni taʼmirlash-tiklash ishlarini Fayzulla Ibragimov rahbarligidagi “Aralvodstroy” MChJ yoʻl quruvchi brigadasi ishchilari amalga oshirmoqda.
Mazkur MChJ tender gʻolibi sifatida koʻchalarning qanchalik taʼmirtalab ekanligini aniqlagan holda qurilish-taʼmirlash ishlarini sifatli olib borishmoqda.
Ovuldagi mazkur uchta koʻchada taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish maqsadida 264 million soʻmlik mablagʻ ajratilib, loyiha-smeta hujjatlari asosida “Aralvodstroy” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tekislash, shagʻal-tosh yotqizish va asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Kundan-kunga qiyofasi oʻzgarib, tobora goʻzallashib borayotgan Xolimbeg, Afshona va Toʻmaris nomli koʻchalarda istiqomat qiluvchi aholi ham hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda. Xolimbeg OFY raisi Zarifboy Ollamov rahbarligida koʻchalar boʻylarini turli xas-choʻplardan, begona oʻtlardan tozalash, daraxtlarga shakl berish, koʻchalar chetlaridagi ariqchalarni toza saqlash. Gul koʻchatlari ekish kabi ishlarni hamjihatlik bilan amalga oshirishmoqda.
Xolimbegliklar uchun ovulning har bir qarich yeri aziz. Shu bois, kun sayin obodonlashib, koʻrkam qiyofa kasb etayotgan ravon koʻchalar fayzidan aholi mamnun. Zero, aholining  hayotdan rozi boʻlib yashashlarini taʼminlashga qaratilgan har qanday ezgu ish, avvalo, yurt taraqqiyotiga qoʻshilgan munosib hissadir.

Barno SAMANDAROVA, gazetaning jamoatchi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026