NUKUS ŞAHRIDA DONORLAR KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Xalqaro Assambleyasida 2005-yilning may oyida dunyo davlatlari soğliqni saqlaş vazirlari yakdillik bilan beğaraz qon donorligini qöllab-quvvatlaş töğrisidagi taklifni maʼqullagan edi. Şundan buyon har yili 14-iyun — Butunjahon donorlar kuni sifatida keng nişonlanadi. Yurtimizda ham uşbu sanaga bağişlangan turli tadbirlar, xayriya aktsiyalari ötkaziş ezgu anʼanaga aylangan.
Şu munosabat bilan 14-iyun kuni Respublika Qon quyiş markazida Qoraqalpoğiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan “Qon topşir – hayot inʼom et!” xayriya aktsiyasi ötkazildi. Aktsiya doirasida dastlab taşrif buyurgan mehmonlarga musiqiy dastur namoyiş etildi. Dastur davomida taniqli sanʼatkorlar ijro etgan kuy-qöşiqlar barçaga xuş kayfiyat, kötarinkilik bağişladi.
Şundan söng, Respublikaning barça hududlaridan taşrif buyurgan tibbiyot xodimlari va köngilli donorlar qon topşirdilar.
Tadbir davomida sözga çiqqanlar, insonning hayotini asrab qoliş köpinça qon quyiş jarayoni bilan boğliqligini, qon esa kimyo laboratoriyalarida işlab çiqilmasligi, u inson organizmidagi bebaho neʼmat ekanligini eʼtirof etişdi. Faqat yaxşi insonlarning yordami bilangina oğir ahvoldagi bemorlarni hayotga qaytariş, ularning umriga umr qöşiş mumkinligini aytib, bu borada amalga oşirilayotgan işlar xususida batafsil maʼlumotlar berişdi.
Taʼkidlanganidek, har bir mamlakat öz aholisining qonga bölgan talabini qondiriş uçun 1000 nafar kişiga donorlar soni 30 nafar va undan ortiq bölişi, qon komponentlari bilan taʼminlaş uçun esa donorlar soni har 1000 nafar kişiga 10 nafar yoki aholi soniga nisbatan 1 foizni taşkil etişi zarur. Özbekistonda esa bu raqam 5 nafarga töğri keladi. Agar mazkur körsatkiç 10 nafarga oşsa, xalqimizning qonga bölgan talabi 100 foizga qoplanadi. Agar 50 nafar odam qon topşirsa, nafaqat talab qondiriladi, balki qon plazmasini qayta işlaş orqali maxsus dori preparatlari tayyorlaş mumkin böladi.
Şu örinda aytiş joizki, 2020-yil yurtimizda 95,5 tonna sof qon tayyorlangan bölsa, bu raqam 2019-yilda 96,5 tonna, 2018-yilda esa 85,2 tonnani taşkil etgan. Ötgan 2021-yilda esa tibbiyot muassasalariga 113 tonna sifatli qon yetkazib berilgan.
Mamlakatimizda 18 yoşdan 60 yoşgaça, vazni 50 kilogrammdan yuqori, gemoglabin miqdori meʼyorida bölgan har bir şaxs donor bölişi va yiliga 4-marta qon topşirişi mumkin. Har bir topşirilgan qonning maksimal miqdori 450 millilitrga teng.
Taʼkidlaş lozimki, koronavirus pandemiyasi butun dunyoda bölgani kabi yurtimizda ham donorlar soni keskin kamayişiga sabab böldi. Oqibatda oğir bemorlarning donorlik qoniga bölgan talabi sezilarli darajada oşdi. Qolaversa, sönggi yillarda yurtimizda noyob yurak operatsiyalari, inson tana aʼzolarini köçirib ötkaziş kabi murakkab jarrohlik amaliyotlarining yölga qöyilişi hamda xavfli kasalliklar diagnostikasining yaxşilanişi sababli sifatli qon komponentlariga bölgan ehtiyoj yanada ortdi.
Respublikamizda öz qonini kamida 40-marta, qon komponentlarini 60-marta topşirgan kişilar faxriy donor hisoblanadi. Yurtimizda ana şunday mehrli va qalbi ezgulikka töla insonlar “Özbekiston Respublikasi faxriy donori” kökrak nişoni va bir yöla tölanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda.
Tadbirda ana şunday insonparvarlik yordamini körsatgan ikki nafar yurtdoşlarimizning nomlari tilga olindi va ularga minnatdorçilik bildirildi. Uşbu xayrli aktsiyada köngilli talaba-yoşlar ham iştirok etib, öz hissalarini qöşişdi.
Ibodulla Nurimbetov, “Qizil yarim oy” jamiyati tuman bölimi ijroçi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶