37-SONLI MTTda “XAYR, BOĞÇAJON!” NOMLI TADBIRI ÖTKAZILDI
Insonning şaxs sifatida şakllanişida uning murğak bolalik davri muhim örin tutişi haqida olimlarimiz tomonidan köplab psixologik tadqiqotlar olib borilgan va aynan boğça yoşidagi bolalarning eslaş qobiliyati, qiziqişlar maydoni hayron qolarli darajada kengligini isbotlovçi ilmiy xulosalarni berişgan. Şuning uçun ham mamlakatimizda maktabgaça taʼlim yoşidagi bolajonlarning qobiliyatlarini takomillaştiriş, ularni bolalikdan öz orzu-intilişlari, qiziqişlariga mutanosib ravişda töğri yönaltiriş orqali taʼlim-tarbiya berişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Amudaryo tumanining Amir Temur nomli ovuli hududidagi 37-sonli maktabgaça taʼlim taşkilotiga 2019-yildan beri Şahnoza Allamberganova rahbarlik qilib kelmoqda. Mazkur maktabgaça taʼlim taşkilotida ayni paytda asosiy guruhda 60 nafar qisqa guruhlarda 100 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda. Maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyaçi-xodimalarining 5 nafari oliy, 4 nafari esa örta maxsus maʼlumotli mutaxassislardir.
Joriy yilning 10-iyun kuni mazkur muassasada yetti yoşga qadam qöyayotgan bolajonlarni maktab taʼlimiga kuzatişga bağişlangan “Xayr, boğçajon!” adabiy-musiqiy tadbir bölib ötdi. Sevimli boğça va qadrdon tarbiyaçi-boğça onalari bilan xayrlaşuv marosimida bolajonlarning ota-onalari, maktabgaça taʼlim taşkiloti masʼullari hamda tarbiyaçi-pedagoglar iştirok etişdi.
Tadbirni maktabgaça taʼlim taşkiloti mudirasi Şahnoza Allaberganova oçib, kiçkintoylarni, avvalo, maktab yoşiga yetganlari, maktabgaça taʼlim sirlarini puxta egallab, endilikda ilmlar ummoni sari ilk qadam qöyayotganlari bilan tabrikladi.
Muassasada jami 28 nafar tarbiyaçi-pedagoglar faoliyat olib borişadi. Şu bois, bolajonlarning maʼnan va jismonan soğlom bölib voyaga yetişlarini taʼminlaş maqsadida jismoniy tarbiya yöriqçisi tomonidan turli qiziqarli öyinlar, aqlni çarxlovçi maşğulotlar tez-tez ötkazilib turiladi.
Xususan, şaxmat, şaşka tögaraklarida bolajonlar uçun eng sevimli maşğulotlar majmuasi yaratilgan. Ular kuç sinaşadilar, bir-birlarini yutuqlari bilan samimiy va madaniyatli tarzda tabriklaşni örganadilar. Aynan ana şu şaxmat va şaşka sporti tögaragi aʼzolari bölgan bolajonlar xotirasi kuçli, sinçkov va qatʼiyatli, ötkir zehnli bölib ulğayişayotganidan ularning ota-onalari ham xursand.
Musiqa tögaragi esa bolajonlar qalbida sanʼatga mehr uyğotiş bilan birga, özlari örganayotgan aşulalar orqali ular qalbida şeʼriyatga, adabiyotga ixlos va muhabbat tuyğularini mustahkamlaşi bolajonlarning xatti-harakatlarida yorqin namoyon bölayotgani quvonarli. Bundan taşqari, bolajonlar rus tili tögaragi maşğulotlarida juda faol.
Turli ertak qahramonlarining suratlari, öyinçoqlar, gullar va rango-rang şarlar bilan bezatilgan maktabgaça taʼlim taşkiloti hovlisi hamda öyinçoq-zali bolajonlarning quvnoq ovozlariga, quvonçlariga töldi.
Bolajonlar “boğça opa”lari bilan birgalikda özlari örgangan şeʼrlar, kuy-qöşiqlari, raqslari bilan davraga fayz kiritdilar. Rus tilida bir-birlari bilan muloqot qilişni örgangan bolajonlar erkin fikrlaş qobiliyatlarini namoyon etib, ota-onalarini xursand qildilar.
Ayniqsa, şaxmat va şaşka tögaragi aʼzolari bölgan bolajonlarning mantiqiy fikrlaş bahslaridagi iştiroki va öz fikrini aniq, lönda ifodalaş qobiliyatlari, ötkir zehni, hozirjavobligi barçaga manzur böldi.
Biri-biridan quvnoq kuy va qöşiqlar, aqlni çarxlovçi öyinlar bilan fayzli ötgan “Xayr boğçajon!” tadbiri yakunida bolajonlar özlari uçun qadrdon maskan va sevimli “boğça opa”lari bilan xayrlaşdilar hamda maktabda yaxşi öqib, ilm çöqqilarini zabt etişga vaʼda berdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶