Senatning Agrar va suv xöjaligi masalalari böyiça qömitasi raisi Tajiyev Baxadir Sadullayeviç Amudaryo tumaniga taşrif buyurdi
8-iyun kuni Amudaryo tumaniga Senatning Agrar va suv xöjaligi masalalari böyiça qömitasi raisi Tajiyev Baxadir Sadullayeviç taşrif buyurdi. Senator dastlab tuman hokimligining majlislar zalida Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, investitsiya loyihalari va davlat dasturlarini amalga oşiriş, aholi bandligini taʼminlaş, “mahallabay” işlaş, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ning yuritiliş holati, fuqarolar murojaatlari, ayollar muammolarini tizimli hal etiş, ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Yiğilişda hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, idora va taşkilotlar vakillari iştirok etişdi.
Yiğiliş davomida kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan mutasaddi idora-taşkilot vakillarining hisobotlari tinglanib, zaruriy tavsiya va takliflar berildi.
Şundan söng cenator tuman hokimi örinbosari – Oila va xotin-qizlar bölimi boşliği Gözal Saburova hamrohligida Çoykul ovulida savatçilik bilan şuğullanayotgan ayol-qizlar faoliyati bilan tanişdi.
Çoyköl ovulida “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayol-qizlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Masʼullarning yordami bilan ularning 30 nafari kasanaçilik orqali yuqori daromad manbaiga ega bölişgan.
Çoyköllik yana bir faol ayol – 1-bosqiçda “Ayollar daftari”ga kiritilgan Zumrad Jabbarova mahalla fuqarolar yiğini masʼullarining yordami bilan issiqxona taşkil qilgan. Mehmonlar mazkur issiqxonada bölib, tadbirkor ayol bilan yaqindan suhbatlaşdi. Dastlab 15 mln. söm, söngra yana 25 mln. söm imtiyozli kredit olib, issiqxona barpo etgan va uni kengaytirgan oila bekasi bugungi kunda tomorqasidagi kiçik biznesi orqasidan yuqori daromad olib, oila byudjetiga daromad keltirmoqda.
Senator bilan suhbat davomida tadbirkor ayol issiqxonadan körgan daromadi, sabzavotlarni parvarişlab yetiştiriş usullari hamda yuqori hosil oliş yöllari haqida öz fikrlarini bayon etdi.
Taşrif davomida senator Çoyköl ovulidagi “Manğit omad savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli klasterda intensiv usulda barpo etilgan uzum boğida ham böldi. Uşbu uzumzorda yil yakuniga qadar 30 gektar uzum ekilişi rejalaştirilgan bölib, bugungi kunga qadar 14 gektar yerda ekiş işlari töla yakunlangan. Yana 16 gektar uzum kuz mavsumida ekiladi.
Senator ekilgan uzum navlari, hosildorlik darajasi bilan qiziqib, dehqonlar bilan suhbatlaşdi hamda uzumçilikni yanada rivojlantiriş böyiça özining tavsiyalarini berib ötdi.
Şundan söng senator, tuman hokimi va hokim örinbosarlari hamrohligida Gulzor mahallasi hududida 15,6 mlrd söm mablağ evaziga yangidan qurib bitkazilgan 3 ta 5 qavatli, jami 90 ta xonadonli uy-joylar massiviga taşrif buyurdi.
Senator xonadonlarga yangidan köçib kelgan yoş oilalar bilan suhbatlaşib, yangi uy-joy bilan samimiy tabrikladi.
Yangidan qurilgan uy-joylarning eng muhim afzal tomoni − bu binolarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanib, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obʼektlariga yaqin hududda joylaşganidir. Yangi massivlarda qurilgan va qurilayotgan avtomobil yöllari, suv, gaz va elektr tarmoqlari, bolalar boğçalari, savdo şoxobçalari, sport maydonçalari aholining qulay şart-şaroitlarda yaşaşi uçun kompleks tizimni hosil qilmoqda.
Taşrif davomida senator “Amudaryo tomorqa xizmat” masʼuliyati çeklangan jamiyatiga qaraşli tomorqa klasteri faoliyati bilan ham yaqindan tanişdi.
Şundan söng, mehmonlar Amir Temur nomli ovul hududida yangidan bunyod etilgan suv tozalaş qurilmasining foydalanişga topşiriliş marosimida iştirok etişdi. Amir Temur nomli ovulda tuman hokimligining taşabbusi bilan ovul aholisini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida suv tozalaş qurilmasi va maxsus inşoot bunyod etildi. 5 mlrd. 300 mln söm evaziga bunyod etilgan mazkur suv tozalaş markazi orqali ovuldagi 244 ta xonadon toza içimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Inşootning foydalanişga topşiriliş marosimida sektorlar rahbarlari, tuman hokimi örinbosarlari, muassasa va taşkilotlar rahbarlari, ovul aholisi iştirok etişdi.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, Birlaşgan millatlar taşkilotining hisobotiga köra, bugungi kunda sayyoramizdagi 2 milliard aholi toza içimlik suvidan bevosita foydalaniş imkoniga ega emas. Mutaxassislarning tahlillariga köra, jahonda 2000-yildan 2050-yilgaça bölgan davrda suvga bölgan global talab 55 foizga ösadi. Ayniqsa, Özbekistonning qöşni mamlakatlardan keladigan suv taʼminotiga boğliqligi yuqori darajada, yaʼni isteʼmol qilinadigan suvning 80 foizi taşqaridan keladi. Şuning uçun ham har bir yurtdoşimiz suvni tejaşga alohida eʼtibor qaratişi kerak.
Suv tanqisligining salbiy oqibatlarini tumanning boşqa hududlariga qaraganda Amir Temur nomli ovul hududida yaşovçi aholi ayniqsa köproq his qilmoqda. Turkmaniston Respublikasiga çegaradoş hududda joylaşgan Amir Temur nomli ovul oqar suv yöllarining oxirgi qismida, tumanning çekkasida joylaşgan. Mazkur ovul içimlik suvi tarmoğiga ham ulanmagan. Endilikda yangidan bunyod etilgan suv tozalaş qurilmasi yer osti suvlarini 35 metr çuqurlikdan, diametri 300 millimetr bölgan 4 dona quvurlar orqali olib, keraksiz tuzlar va minerallardan tozalagan holda aholi isteʼmoli uçun yetkazib beradi.
Senator Bahodir Tajiyev tumanda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, qişloq xöjaligi sohasidagi yutuqlarni eʼtirof etdi.
Tuman hokimligining axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶